Get Mystery Box with random crypto!

#qalb kechmishi Sogʻinchga toʻlgan maktublar bitmayman endi.. | 𝘈𝘳𝘮𝘰𝘯𝘭𝘪 𝘴𝘰'𝘻𝘭𝘢𝘳

#qalb kechmishi

Sogʻinchga toʻlgan maktublar bitmayman endi... Endi maktublarga sogʻinchni yozishga yuragimdan oldin qoʻlim qaltiraydi... Bilaman senga yetib bormaydi bu maktub... Bilib turib yozaman...

Avtobus meni oʻzim aytganday, ammo men xohlamagan olislikka olib ketadi. Shamollar, yoʻllar ortimdan quvlab yetolmaydi. Shiddatli va qaysar shamol chekinmaydi, oxirigacha yelib boraveradi. Men shu qadar tez ketayotgan boʻlamanki, bugʻdoyzorlar, daraxtlar, uylar maʼnosiz koʻzimda oʻzlarini koʻradiyu, aksini muhrlashga ulgurmaydi. Osmon esa xotirjamlik bilan menga tengma-teng boʻlib ergashib yuradi. Osmonning begʻubor moviyligini koʻramanu, sening ham osmoning xuddi shundayligi haqida oʻylamayman. Chunki men ruhimni ezuvchi xayollardan qochib ketyapman!.. Darchadan tonggi salqin shamol shovullab ichkariga kiraveradiyu, yuz-koʻzimga urilmay qayoqqadir gʻoyib boʻlaveradi. Shu tob musiqa yangraydi. Zum oʻtmay muhabbat haqidagi qoʻshiqning ichidanmi, shiddatkor shamolga qoʻshilibmi ortda qolgan xayollarim yopirilib keladida shu'urimga qiynalmay oʻrnashib oladi. Beixtiyor oʻzimni xayolga aylanib qolgan orzularimga topshiraman-u ruhimni sogʻinchdan qutqara olmayman...
Seni yana hadsiz sogʻinaman...

Nurafshona

Bizning manzil
https://t.me/joinchat/AAAAAEoKhdG6IZDSZtgQlw

Fikrlaringizni qoldiring
@Armonli_Sozlar_bot