Get Mystery Box with random crypto!

#profilaktika Joriy yilning 30 may kuni Rux zavod | AGMK - OKMK | Расмий канал

#profilaktika

Joriy yilning 30 may kuni Rux zavodi ishchi-xodimlari o`rtasida profilaktik tadbir o`tkazildi.
Unda zavod bosh muhandisi, zavod direktorining tovar moddiy boyliklarni saqlash va fuqaro muhofazasi bo‘yicha o‘rinbosari, OKMK ob`ektlarida yong‘in xavfsizligini ta`minlashni tashkil etish b`olimi boshlig‘i, Olmaliq shahar yong‘in xavfsizligi bo`limi boshlig‘i ishtirok etishdi.

Davra suhbati davomida ichki mehnat tartib qoidalari, yurish turish, mayda tashmachilik, korrupsiyaga qarshi kurashish, yong’in xafvsizligi, onlayn qimor, qarz berish va olish odobi, yil boshidan beri sodir etilgan qonunbuzarliklar statistikasi kabi masalalar muhokama qilindi.

Davra suhbati yakunida barcha ishchi-xodimlarga befarq bo‘lish kerak emasligi takrorlandi. Yuzaga kelayotgan barcha nohush holatlar befarqlikning ortidan ekanligi aytib o‘tildi.

Aznaur Abdurashidov,
Rux zavodi yoshlar ittifoqi raisi


Web-site|YouTube|Facebook|Telegram|Instagram|Twitter