Get Mystery Box with random crypto!

U boshqa dunyo. 1. Meni bolam katta bo'lsa shifokor bo'ladi, | Anvar Abdurahim

U boshqa dunyo.

1. Meni bolam katta bo'lsa shifokor bo'ladi, meni bolam qori bo'ladi, shu kabi orzularni ko'p eshitamiz. Bugun orzulariga yeta olmagan ota-onalar haqida gaplashamiz.

2. Ko'pchilik ota-onalar o'zlari yeta olmagan orzularini farzandlariga yuklab qo'yishadi, yaxshi niyat yaxshi albatta ammo tanganing boshqa tarafi bor.

3. Avvalambor siz hali tirikmisiz? orzular qilyapsizmi? Demak o'z orzularingizga o'zingiz javob bering, kuchsizlarning ishini qilmang.

4. Ikkinchidan farzandingiz sizdan ko'ra aqlliroq bo'lishi mumkin, uning orzulariga chegara qo'ymang, u o'z dunyosini yaratishiga ruxsat bering va uni tinimsiz duo qiling.

5. Nazorat qilishingiz kerak bo'lgan narsa bu uni gunohlaridir, yomon yo'lga qadam bosishiga aslo yo'l qo'ymang, buning uchun eng to'g'ri ish unga Quron o'qitishdir.

6. Farzandingizni orzulari ustidan hech qachon kulmang, u marsda yashamoqchimi? ruxsat bering, aslo uni bu yo'ldan qaytarmang, orzularini maqsadga aylantirish yo'llarini toping.

7. Tashqarida katta miqdorda viruslar uchib yuribdi, ulardan farzandingizni asrang, eng yaxshi antivirus bu Quron va hadislardir.

8. Hozir hamma narsa u dunyoga kelgandan keyin zarra miqdorchalik qadri bo'lmaydi, farzand Allohning ne'mati, unga xiyonat qilinmaydi.

@Anvarrahimov95