Get Mystery Box with random crypto!

Motivatsiya kerakmi? 1. Biror ishni boshlashdan avval yaxshil | Anvar Abdurahim

Motivatsiya kerakmi?

1. Biror ishni boshlashdan avval yaxshilab o'ylab ko'rish majburiyatdir, hozir sen bilan shuni muhokama qilamiz.

2. Kimdandir yoki nimalardandir motivatsiya olding endi hayotingni o'zgartirmoqchisan nima qilish kerak?

3. Eng boshida shoshilmaslik kerak, motivatsiya shunday narsaki u seni shunchaki hayajonlanishga majbur qilishi mumkin.

4. Motivatsiya olingan dastlabki minutlarda kuchli bo'lasan xolos, tanishing boks bo'yicha jaxon chempioni bo'ldi degani sen ham bo'lasan degani emas.

5. Motivatsiya sababli hayotingni o'zgartirma, ya'ni doktor bo'la turib biznes qilishing shartmas, eng yaxshi doktor bo'l, shuni o'zi motivatsiya.

5. Motivatsiya seni kelajakda yashashga undaydi, dushanba kuni sport zalga chiqaman deb o'zingga va'dalar berasan, shuni unutma dushanba kuni ham boshqa kishi bo'lib qolmaysan.

6. Yangi muvaffaqiyatlarga kichik qadamlar bilan erish, har bir g'alabangni o'zing bilan nishonla, eng yaxshi bo'lishga harakat qil.

7. G'am qayg'u, muammolar, qiyinchiliklar tabiiy jarayondir, inson borki, muammo bor. G'amga botganingda o'tmishdagi g'alabalaringni esla.

8. Bilib qo'y, mo'min kishi hech qachon siqilmaydi, muammolar mo'minni yiqita olmaydi, biz Allohni yer yuzidagi o'rinbosarlarimiz, shuni uzi bizga eng katta motivatsiyadir.

@Anvarrahimov95