Get Mystery Box with random crypto!

Uzing tanla. 1. Xayotimda yagona afsuslanadigan ishim 4 yil | Anvar Abdurahim

Uzing tanla.

1. Xayotimda yagona afsuslanadigan ishim 4 yil institutda o'qiganim bo'lgan, sababi jamiyatimizdagi ayrim adolatsizliklar bilan ilk bor o'sha yerda tanishdim.

2. Men qilgan xato qanday bo'lmasin institutga kirish edi keyin bilsam bu xatoni nafaqat men balki juda ko'pchilik yoshlar takrorlashar ekan.

3. Maqsadsiz harakat oxir oqibat afsuslanishga olib keladi, shunday ekan maqsadsiz harakat qilma! Ammo maqsad qo'yganingdan keyin barcha qiyinchiliklarga chida.

4. Oliy ma'lumotli bo'ldi degani endi ishlarim besh, men boyman degani emas, oliy ma'lumot bu oliy ma'suliyat degani jamiyat rivojlanishi uchun harakat qilaman degani.

5. Qo'lingdagi hujjatni oliy o'quv yurtiga topshirishdan avval tinchgina o'tirib o'yla, kelajaging haqida, nimalarni o'rganmoqchi ekanliging haqida va albatta qanday yashashing haqida.

6. Bilasanmi nima, bu yerda pul muhim emas, ishni tugashini kutib soatga termulib o'tirmasliging muhim, sen shunday sohada o'qiki u seni bir umr zeriktirmasin, u seni rivojlantirsin.

7. O'z yo'lingni o'zing tanla, umringni soatga termulib o'tqazmoqchimisan? yoki sevgan ishingda yashamoqchimisan?

@Anvarrahimov95