Get Mystery Box with random crypto!

Bitiruvchi. 1. 25-may, katta bola bo'ladigan kun, eng yaxshi | Anvar Abdurahim

Bitiruvchi.

1. 25-may, katta bola bo'ladigan kun, eng yaxshi vaqtlaring bilan xayrlash endi bu davrlar hech qachon qaytmaydi.

2. Seni hayot deb nomlanuvchi maktab kutib turibdi, bu maktab yaxshi o'qitadi, ammo qimmat oladi.

3. Maktabda 5 ga o'qidim degani hayotda yaxshi yashayman degani emas, hayotda hammasi boshqacha.

4. Hayot seni boshqacha o'qitadi, uning dars jadvalida bor yog'i ikkita fan mavjud g'alaba yoki mag'lubiyat.

5. G'alabaga erishish uchun esa shunchaki qatiyatli bo'lishing kerak, maqsadingga erishmaguningcha ortga qaytma.

6. Imtihonlardan yiqilgan paytlaringda taslim bo'lma, xato qilishdan qo'rqma, hech qachon shunchaki yashama, har doim oldingga yangi maqsadlar qo'y.

7. Maqsadlar muammolarga seni yetaklaydi, bu tabiiy jarayon, sen muammolarni yechishni o'rgan. Esingda bo'lsin, muammo bor joyda imkoniyat albatta bo'ladi.

8. Hali seni katta ishlar kutib turibdi, lekin bu yo'lda turli qing'ir ishlar uchraydi, zudlik bilan qilishing kerak bo'lgan ish halol va haromni ajratib olishdir.

9. Keyin afsuslanmaslik uchun hozir ota-onangni qadrla, yaqinlaringga mehribon bo'l, inson borki hammani hurmat qil, umr qisqa uni to'g'ri yasha. Alloh seni qo'llasin.

@Anvarrahimov95