Get Mystery Box with random crypto!

Muvaffaqiyat formulasi. 1. Taniqli bokschi Muhammad alidan ju | Anvar Abdurahim

Muvaffaqiyat formulasi.

1. Taniqli bokschi Muhammad alidan jurnalist nechta press mashqini qila olishini so'raganda bokschi men og'riq his qilmagunimcha sanamayman deb javob bergan.

2. Har qanday ishni boshlashdan avval maqsadingni aniqla, shunchaki uzoq yo'lga chiqma. Qayerga ketayotganingni aniqla shunda yo'lga chiqish uchun tayyorgarlik ko'ra olasan

3. Amallar niyatga bog'liq, boshida, o'rtasida hattoki oxirida ham niyatingni yaxshi qil, ota-onangga, oilangga, vataningga hizmat qilish bo'lsin niyating.

4. Bu maqsadlar yo'lida mo'jiza sodir bo'lishini kutma, u hech qachon sodir bo'lmaydi, sen ertakda yashamayapsan.

5. Faqatgina mehnat muvaffaqiyatlar kalitidir, faqatgina mehnat seni cho'qqiga olib chiqadi, ammo mehnat qilishni ham o'rgan ya'ni eshshakdan farq qil.

6. Maqsadlar yo'lida senga eng keraklisi ota-onangni duosidir, qilichlar ta'sir qilmaydigan qalqonga ega bo'l. Boshqalarni rozi qil, oilang bilan tinch yasha.

7. Eng muhimi maqsad qo'yishda adashma vaqting ketadi, senda nimalar bor, qobilyating nima, shuni aniqlab ol. Alloh insonni eng zo'r bo'lish uchun yaratdi, boshqasiga rozi bo'lma, eng zo'ri bo'l.

@Anvarrahimov95