Get Mystery Box with random crypto!

Taklif. 1. Jamiyatimizning eng katta muammolaridan biri ajras | Anvar Abdurahim

Taklif.

1. Jamiyatimizning eng katta muammolaridan biri ajrashishlar soni ko'payib borayotgani, bu muammoni yechish uchun ma'sul hodimlar ko'p ishlar qilishmoqda.

2. Ammo, masala jiddiylashayapti, islohotlar ta'sir qilmayapti, natijalar salbiy. Nima qilish kerak?

3. Kasalni davolashdan ko'ra uni oldini olgan ma'qul, shu gapga amal qilib uylanmagan birodarimga taklifimni aytsam.

4. Birodar turmush qurishda tabiiyki qizlarni sizga onajoningiz ko'rsatadi, chunki siz taqvodorsiz, avval qizlarga qaramagansiz. Agar sevganingiz bo'lsa shunga o'xshashroq vaziyatda bo'lsangiz postni o'qimang chunki post faqat mo'minlar uchun yozilgan.

5. Onangiz aytgan qizlar ichida o'zingizga yoqqanini shaxsan o'zingiz so'rab surishtiring, bu ishga ma'suliyat bilan yondashing, so'raydigan savollaringiz va kimlardan so'rashingizni avvaldan aniqlab oling.

6. Hamma qizlar bilan uchrashmang, chunki yoqmay qolsa o'zga ko'ngilni xafa qilishingiz mumkin, ayniqsa ayollar juda tez xafa bo'lishadi. Uchrashmoqchi bo'lgan qizni uzoqdan bo'lsa ham yuzini ko'ring, shunda muammolar yechiladi.

7. Birodarim eslab qoling siz o'zingizga yor emas farzandlaringizga bo'lajak ona qidirayapsiz shunday ekan Rasululloh aytganlaridek dindorini tanlang, dindor qizni tanib olish juda oson.

8. Birodarim, yurak jiz etishini kutib uylanishni kechiktirish kerak emas, uchrashganingizda hamrohingizni ko'ziga qarang, agar uni sizdan uyalib yuzlari qizarganini ko'rsangiz ikkilanmay uylaning.

9. Yana bir keys, turmush qurishdan avval bo'lajak turmush o'rtog'ingizga o'zingizdagi barcha nuqsonlarni gapiring, unga ham shunday qilishini iltimos qiling, bu ikkalangizga ham foydali bo'ladi.

10. Eslab qoling, uylanish bu rohatda yashash degani emas, xotin degani bu qul degani emas, uylandingizmi, ikki baravar ko'p ishlashga to'g'ri keladi, ko'p ibodat qilish kerak chunki siz endi ikki va undan ko'p insonlarning dunyo va oxiratiga ma'sulsiz.

11. Baxtli yashash o'z qo'lingizda, jamiyatni tirik yetimlardan qutqarib qoling.

@Anvarrahimov95