Get Mystery Box with random crypto!

- 'Aslida, O'zbekistonda ateizm kelajakda ham, hozir ham margi | Anti-ateistUz

- "Aslida, O'zbekistonda ateizm kelajakda ham, hozir ham marginal (kichik, bir oz) qatlam ya'ni ularning katta siyosiy istiqboli mavjud emas. Chunki globallashgan dunyoda musulmon dunyosining dindorlik darajasi oshib boradi va musulmon dunyosi global o'zlik izlaydi. Mana kecha 19-asrda hammamizni o'z urug'imiz bor edi. Kimdir qipchoq, kimdir boshqa. Keyingi 20-asr bu milliy davlatlar asri bo'ldi. Mana bu yerda hammamiz bir o'zbek. Shu asrni so'nggiga qadar ham o'zbek, tojik, qoraqalpoq degan o'zlik yo'qolmasada, torlik qilib qoladi va yangi global o'zlik izlaymiz. Bu tabiiy jarayon. Demakki, bizdagi ateist qatlamning asosiy muammosi birinchi ma'muriyat (ya'ni Karimov rahbarligi) davrida shakllantirilgan shablon xavotirdan chiqib keta olmayapti. Ular aytadiki, biz huquqiy demokratik davlat bo'lishni istaymiz va shuning uchun O'zbekiston huquqiy demokratik (bu ko'pchilikning irodasi hukumatga keladi, degani) davlat bo'lishi uchun musulmonlar siyosatga aralashmasligi kerak. Yo'qsa O'zbekiston hech qachon demokratik bo'lmaydi deyishadi. Bu noto'g'ri, absurd (safsata) narsa aslida. Ular bu bilan na demokrat, na liberal. Shuning uchun bizdagi ateizm o'tmishdagi dindorlarga qilingan repressiyali (taziyq oʻtkazadigan) totalitar davrni qumsayapti. Agar ateistlarimiz aqlli ateist bo'lganda, kelinglar hech kim buzolmaydigan o'yin qoidasini belgilaylik, der edi."

Kamoliddin Rabbimov, "Fikrat" tahliliy dasturidan.

P.S: Oʻzim oldin ateist boʻlganman. Keyin oʻqish va izlanishlarim natijasida ateizmdan voz kechganman. Musulmon birodarim, agar sizda qandaydir savol boʻlsa, javobni kitoblardan qidiring, asl ulamolardan soʻrang. Shunda oʻzingizni oʻylantirgan savollarga javob olasiz. Vaqtingizni foydasiz bahslarga sarflamang. Xohlaymizmi yoʻqmi dinsizlar ham shu jamiyatni bir qismi hisoblanadi. Ular oldin ham boʻlgan va Qiyomatgacha shunday boʻlib qoladi. Mayda-chuyda narsalarga oʻralashib qolmasdan, buyuk maqsadlar va jamiyat taraqqiyoti yoʻlida harakat qiling!