Get Mystery Box with random crypto!

Anti-ateistUz

Telegram kanalining logotibi anti_ateistuz — Anti-ateistUz A
Telegram kanalining logotibi anti_ateistuz — Anti-ateistUz
Kanal manzili: @anti_ateistuz
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2
Kanalning ta’rifi

Kamina sobiq ateist, hozirda musulmon!
Sizlarga quyidagi kanallarni tafsiya qilaman:
👉 @Muslim_Mind
👉 @Anti_NeoDarvinizm
👉 @AteistlargaSovga

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-12-30 20:11:05 ​​Amerikada qullar ko'pincha quyidagi suratdagi kabi temir niqob kiyishga majbur qilingan. Nega?

1) Qullar meva yemasligi uchun: olma, ananas, apelsin, kaju va shakarqamish va boshqalar.

2) Qullarning milliy-diniy qo'shiqlarini kuylashlariga yo'l qo'ymaslik. Bu qoʻshiqlar ularni isyon koʻtarishga va qul egalariga qarshi kurashishga undagan.

3) Farzandlariga o'z tilini o'rgatmaslik uchun. Hamma ingliz va ispan tilini o‘rganishga majbur etilgan.


Ba'zan ularga niqob taqishdan oldin og'ziga olma yoki gag* solib qo'yishgan, shu sababdan ular umuman gapira olmay qolganlar.

Tasavvur qilishni oʻzi ham kishini dahshatga soladi, ammo 100 yil oldin amerikaliklar asosan musulmonlardan iborat boʻlgan afrikalik qullarga mana shunday munosabatda bo'lgan.

AQSHda 1865-yilda quldorlik bekor qilingan. Braziliyada esa 1888-yilgacha qullik bekor qilingan. Biroq, bularning bari ramziy ma'no anglatadi, xolos, quldorlik va qora tanli odamlarni tahqirlash va huquqlarini poymol etish butun XX asr davomida ham odatiy hol boʻlgan!

* Gag - odatda nutqni oldini olish uchun mo'ljallangan narsa yoki qurilma bo'lib, uni kiygan odam jim turishi uchun cheklovchi vosita sifatida ishlatiladi.

@Anti_AteistUz | Fitrati buzilmaganlar uchun!
1.1K viewsedited  17:11
Ochish/sharhlash
2022-12-29 12:45:57
Daniya hukumatiga tegishli boʻlgan Danish Tv "onasini quchoqlab turgan marokashlik futbolchilar"ni maymunga taqqosladi. Samimiy yevropaliklar marokashlik futbolchilarni bu ishini yuksak baholab turgan bir paytda, Daniya hukumatiga tegishli vositalar orqali qilinayotgan hujumlar koʻngilni xira qiladi.

Daniyada Islomga qarshi bunday harakatlar birinchi marta boʻlayotgani yoʻq. 2005-yilda paygʻambarimizni karikatura qilgan va 2006-yilda musulmonlarning keskin noroziliklariga sabab boʻlgandi. Ushbu holat Daniya uchun Ikkinchi Jahon Urushidan keyingi eng katta siyosiy inqiroz sifatida baholangan. Islomni qoralashga boʻlgan urinish aks taʼsir koʻrsatib, ushbu dinni "reklama"siga sabab boʻlgan. Natijada 2005-yilda Daniyada 2500 nafar boʻlgan musulmonlar soni 2007-yilda 4000 nafarga yetgan. Norasmiy raqamlar bundan ancha yuqoriligi aytiladi. Aholi orasida Islomga nisbatan qiziqish kuchaygandan keyin Daniya hukumati "hujum"larni toʻxtatgan edi.

Anti_Islomofob
2.8K views09:45
Ochish/sharhlash
2022-12-18 16:01:42 ​​Kanalimizda shu paytgacha taqdim etilgan ayrim postlar bilan tanishing!

Oliy taʼlim muassasalari bitiruv kiyimini kiygan hamma odam arabparast boʻlib qoladimi?

Ginnesning rekordlar kitobiga koʻra dunyodagi eng qadimgi oliy taʼlim dargohi Al-Qoroviyyin universiteti haqida! (Asoschisi ayol kishi)

Insoniyat tarixidagi ilk parvoz!

Quyosh qora balchiq buloqqa botadimi?

Dinsizlarga yaxshilik qilish haqida! (Quron oyati)

Abdulmalik ibn Marvon Qurʼonni qayta yigʻganmi? (Arab ateistining xatosi)

Ayol va erkak teng boʻlishi kerak degan gapga chidaysizmi?

Asteroidga nomi berilgan astronom muslima haqida bilasizmi?

Bolalarning "Nikohdan tashqari" tugʻilish holatlari Gʻarb davlatlarida oddiy holatga aylanmoqda. (Statistika)

Sivilizatsiyalashgan insoniyat "yalang‘ochlar"ni deb halokatga uchraydi.

Ofiyat Siddiqiy nega 86 yilga qamaldi?

Dinlar urushlarga qanchalik sababchi?

Yalongʻoch yurish sanatmi?

Mana nima uchun ularning nafslari Islomni qabul qila olmaydi?! (Mem)

Ateistlarning eng kattalari LGBTni qoʻllab quvvatlaydi. Fakt!

Darvinizmning ilmiy inqirozi!

AQSh prezidenti maslahatchisi "Gʻarbning oʻlimi" sabablari sifatida nimalarni aytib oʻtgan?

"Agar ateistlarimiz aqlli ateist boʻlganida...." (Kamoliddin Rabbimov)
8.7K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-12-18 12:02:55
Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov va Nozim Safari oʻrtasidagi suhbat!

Tolibon haqidagi notoʻgʻri tushunchalar, Xitoy, Rossiya va Gʻarb davlatlarining Oʻzbekistonga tasiri, Oʻzbekiston rivojlanishi uchun nimalar qilish kerakligi, vijdon erkinligi, din va ateizm haqidagi fikr-mulohazalarni koʻrishingiz mumkin!

P.S: Behuda baxslardan uzoqlashib, jamiyat birlashuvi yoʻlida harakat qilishimiz kerak. Aks holda gaz-svet muommolari, chuqur korrupsiya, monopoliya balosi, soqol va hijobga oʻralashib, qoloqlikda davom etaveramiz!
3.1K viewsedited  09:02
Ochish/sharhlash
2022-12-17 16:21:42 Бўш вақти бўлмаган жамият ислоҳот қила олмайди. Ислоҳот бу - қалбда нур пайдо қилувчи янги ва тугал ғоядир, у қисман маргиналлик ва диссонанс билан шаклланади. Мошинага йиллаб ва турна қатор навбат турадиганлар, кредитга ўтириб қолганлар, икки қавати камлик қилиб учунчи қават уйни кўтараётганлар, чойхонадан аримайдиганларда ... бўш вақт йўқ. Улар истеъмолчилардир. Ҳар бир инсон "етар энди!" дея олиши керак.

Ҳамид Содиқ

@HamidSodiquz
2.9K views13:21
Ochish/sharhlash
2022-12-17 15:51:16
Odamlarga "Dining nima?", "Ro'za tutasanmi"? kabi savollarni bermang. Bunday savol bilan bandani yolgʻiz Alloh soʻroq etishga haqlidir.

Ularga "Ochmisan?", "Yeyishga taoming bormi?", "Senga qanday yordam bera olaman?", "Senda hammasi joyidami, muhtojliging yoʻqmi?" qabilidagi bandalar orasida soʻralishi lozim boʻlgan savollarni bering.

Fotih Sulton Mehmet.

@Islommerosi
2.9K views12:51
Ochish/sharhlash
2022-11-28 07:51:58 - "Aslida, O'zbekistonda ateizm kelajakda ham, hozir ham marginal (kichik, bir oz) qatlam ya'ni ularning katta siyosiy istiqboli mavjud emas. Chunki globallashgan dunyoda musulmon dunyosining dindorlik darajasi oshib boradi va musulmon dunyosi global o'zlik izlaydi. Mana kecha 19-asrda hammamizni o'z urug'imiz bor edi. Kimdir qipchoq, kimdir boshqa. Keyingi 20-asr bu milliy davlatlar asri bo'ldi. Mana bu yerda hammamiz bir o'zbek. Shu asrni so'nggiga qadar ham o'zbek, tojik, qoraqalpoq degan o'zlik yo'qolmasada, torlik qilib qoladi va yangi global o'zlik izlaymiz. Bu tabiiy jarayon. Demakki, bizdagi ateist qatlamning asosiy muammosi birinchi ma'muriyat (ya'ni Karimov rahbarligi) davrida shakllantirilgan shablon xavotirdan chiqib keta olmayapti. Ular aytadiki, biz huquqiy demokratik davlat bo'lishni istaymiz va shuning uchun O'zbekiston huquqiy demokratik (bu ko'pchilikning irodasi hukumatga keladi, degani) davlat bo'lishi uchun musulmonlar siyosatga aralashmasligi kerak. Yo'qsa O'zbekiston hech qachon demokratik bo'lmaydi deyishadi. Bu noto'g'ri, absurd (safsata) narsa aslida. Ular bu bilan na demokrat, na liberal. Shuning uchun bizdagi ateizm o'tmishdagi dindorlarga qilingan repressiyali (taziyq oʻtkazadigan) totalitar davrni qumsayapti. Agar ateistlarimiz aqlli ateist bo'lganda, kelinglar hech kim buzolmaydigan o'yin qoidasini belgilaylik, der edi."

Kamoliddin Rabbimov, "Fikrat" tahliliy dasturidan.

P.S: Oʻzim oldin ateist boʻlganman. Keyin oʻqish va izlanishlarim natijasida ateizmdan voz kechganman. Musulmon birodarim, agar sizda qandaydir savol boʻlsa, javobni kitoblardan qidiring, asl ulamolardan soʻrang. Shunda oʻzingizni oʻylantirgan savollarga javob olasiz. Vaqtingizni foydasiz bahslarga sarflamang. Xohlaymizmi yoʻqmi dinsizlar ham shu jamiyatni bir qismi hisoblanadi. Ular oldin ham boʻlgan va Qiyomatgacha shunday boʻlib qoladi. Mayda-chuyda narsalarga oʻralashib qolmasdan, buyuk maqsadlar va jamiyat taraqqiyoti yoʻlida harakat qiling!
3.3K viewsedited  04:51
Ochish/sharhlash
2022-11-27 14:43:34
Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti maʼlumotlariga koʻra har yili 3 million odam alkogol mahsulotlari isteʼmol qilish sababli vafot etmoqda. Ayni paytda dinsiz insonlar eng koʻp alkogol isteʼmol qilishi aniqlandi. Tadqiqotlarga koʻra, tamaki mahsulotlari isteʼmol qilish sababli har yili tahminan 8 million odam oʻlmoqda. 20-asr davomida tahminan 100 million inson tamaki chekish taʼsirida vafot etgan. Yaratuvchi dindorlarni tanaga zarar keltiruvchi narsalardan saqlab, alkogol zararidan ogohlantirib, ilohiy kalom orqali bularni taqiqlab qoʻygan. Lekin dinsiz insonlar Yaratuvchini tan olmaydi. Qadrli dinsizlar, hech yoʻq Jahon Sogʻliqni Saqlash Tashkiloti koʻrsatmalariga amal qiling. Bekorga oʻlib ketishingizni xohlamaymiz! Islom erkinligimizni cheklaydi deysizlar. Mana shunaqa cheklovlar, aslida cheklov emas, sizni muhofaza qilishdir. Nafsingizni yengish payti kelmadimi?! Tafakkur qiling!

@Anti_AteistUz | Fitrati buzilmaganlar uchun!
2.9K views11:43
Ochish/sharhlash
2022-11-23 08:30:16
#mem_vaqti | @Anti_AteistUz

Kimdir yerda yiqilib yotibdi. Odatda ateistlar uchinchi rasmga qarab xulosa qilishadi. Birinchi va ikkinchi rasmdagi vaziyatni hisobga olishmaydi)

Xudo uni yiqilishini oldindan bilardi. Lekin majburlab yiqitmadi. Tanlov erkinligini berdi. Hurmatli ateistlar, sizlarda tanlov erkinligi hozir ham bor. Haqni tan olsangiz kifoya! Koinot yaratilgan ekan, yaratilgan narsani toʻliq oʻrganib chiqishga yetmaydigan aqlingiz bilan, Yaratuvchini yoʻq deyishga shoshilmang!
2.9K viewsedited  05:30
Ochish/sharhlash
2022-11-17 11:19:52
Hurmatli ateist, agnost, deist va dinsizlar! Agar oʻzingiz birinchi boʻlib bizni dinimizni masxara, haqorat, karikatura qilmasangiz, sizlarning dunyo qarashingizni biz ham hurmat qilamiz. Zero Alloh sizlarga yaxshilik va adolat qilishdan bizni qaytarmaydi. (Mumtahana, 8)

Qadrli musulmonlar! Dinimizni masxara, haqorat qilmaydigan odamlarni siz ham eʼtiqodini hurmat qiling. Kerak boʻlsa yaxshilik qiling. Hozirgi vaziyat turli xil befoyda bahslardan uzoqlashib jamiyat birlashuvini, siyosiy ongni oshirishni talab qiladi. Aks holda Ajdarho, Ayiq va Burgutlarga yem boʻlishimiz yoki oʻzimiz tayoq bergan Choʻponga Qoʻy boʻlishda davom etishimiz mumkin!

Aytgancha, oxirgi jumlada aynan nimani nazarda tutganimni tushungansiz deb umid qilaman! Salomat boʻling!
2.9K viewsedited  08:19
Ochish/sharhlash