Get Mystery Box with random crypto!

Islomda adolat haqida Qadimgi davrda ikki ayolning ikki farza | Ansorim

Islomda adolat haqida

Qadimgi davrda ikki ayolning ikki farzandi birga o'ynab yurganda bo'ri kelib bolalardan birini o'g'irlab olib ketibdi. Shunda ayollardan biri aytdiki, bo'ri seni bolangni olib ketdi dedi. Ikkinchisi esa yo'q meni bolam qoldi, bo'ri senikini olib ketdi dedi. O'rtada tortishuv kelib chiqadi va adolat qilish uchun Dovud alayhissalomning ( u kishi ham nabiy, ham podshoh, ham qozi bo'lgan) oldiga borib vaziyatni tushuntirishadi. Shu mushkulni hal qilib berishni so'rashadi.

Dovud alayhissalom hukmni ikki ayolning yoshi kattasiga chiqaradi va tirik qolgan bola seniki deydi. Shunda ikkinchi ayol norozi bo'lib, birgalikda shikoyat qilib Sulaymon alayhissalomning (Dovud alayhissalomning farzandi) oldiga borishadi. Sulaymon alayhissalom otasining hukmini eshitadi va to'g'ri hukm bo'lmagan deb hisobladi va menga bir pichoq olib kelinglar deb buyruq berdi. Tirik qolgan bolani o'rtasidan shart ikkiga teng bo'lib beraman dedi.

Shunda kichik ayol darhol «yo'q bo'lmang, Alloh rahmat qilsin sizni, mayli roziman bola o'sha ayolga bo'lsin, faqat bunday qilmang» dedi.

Mana shu hiyladan keyin Sulaymon alayhissalom bola kichik ayolga tegishli ekanligini bildi-da, tirik qolgan bolani unga hukm qilib qaytarib berdi.

Adolatli hukm – shu, hadisni bori shu. Xulosani sizga qoldirdim!

@ansor1m