Get Mystery Box with random crypto!

Ansorim

Telegram kanalining logotibi ansor1m — Ansorim A
Telegram kanalining logotibi ansor1m — Ansorim
Kanal manzili: @ansor1m
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 65
Kanalning ta’rifi

" Dunyoning, bandalarning, g'animlarning makridan qo'rqma. Alloh makr qilguvchilarning eng buyugidir..." (Oli imron, 54 )
Sakiynatni istaganlar uchun!
Ilm nurdir, islom nurdir .
@ansor1m 🌪️

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-05-31 22:01:51
«Savdolashishning afzali badavlat bo'la turib savdolashishdir. Kechirishning afzali jazolashga qodir bo'la turib kechirishdir. Muloyimlikning afzali voliy (hokim) bo'lgandan keyingi muloyimlikdir»
229 views19:01
Ochish/sharhlash
2022-05-31 21:23:02
«Agar najot istasang, dunyodan ro'za tut (undan tiyil), undagi iftorliging o'liming bo'lsin»
228 views18:23
Ochish/sharhlash
2022-05-31 02:04:01 Nyuton, maʼzur tuting! Bizni o'ziga tortayotgan narsa Rahmonning muhabbatidir.

Uzr, janob Dekart! Men musulmonman, demak men mavjudman.

Leonardo da Vinchi, maʼzur tutasiz, muslima ayol Mona Lizadan go'zal ekan.

Janob Edison, maʼzur tuting! Olamning chirogʻi Qurʼoni Karim ekan.

Ustoz Aflotun, kechirasiz! Fozil odamlar shahri bu- Madinai Munavvaradir.

Uzr, janob Rim! Hamma yo'l ham Makkaga olib borar ekan.

Mana shular biz o'rganishimiz kerak bo'lgan haqiqat!

@ansor1m
217 views23:04
Ochish/sharhlash
2022-05-31 00:02:02
Sen barcha gullardan go'zalsan,
Farz qilingan taqvo libosingda...
201 views21:02
Ochish/sharhlash
2022-05-30 23:30:45 Biz qaytdik In Sha Allah, o'zimizni endi munosib ko'ramiz sahifani yana qayta yuritishga:)
169 views20:30
Ochish/sharhlash
2022-05-30 23:29:10
Kuchim yetmaydi deb o'zingizni aldamang!

@ansor1m
937 views20:29
Ochish/sharhlash
2022-05-29 12:51:22 OAV xabar qilishicha, 15 yoshli somalilik qiz Misrda taksi to'xtatibdi. Taksist ozroq yurgach, mashinasi buzilganini bahona qilib, panaroqda to'xtabdi-da, qizni zo'rlamoqchi bo'libdi. Qiz taksistni o'ldirib, o'zini politsiyaga topshiribdi.
Voqeani o'rgangan prokuratura qizga qarshi jinoiy ish ochmay, uni sudsiz ozod qilibdi!

Anchadan beri o'qiganim eng yaxshi xabarlardan biri bo'ldi bu.
Ulashishim sababi esa, bu voqeada hamma uchun ibrat bor:

Avvalo, muslimalar bundan ibrat olsinlar. Ozroq bo'lsa ham o'zini himoya qilish, nomusi uchun jang qila olishni o'rgansinlar.

Qolaversa, otalar va akalar uchun ibrat: oilangizdagi ojizalarga o'zlarini, nomuslarini himoya qilishni o'rgating! O'zim himoya qilib olaman, demang. Alloh biladi qancha umringiz qolgan. Alloh himoya qilib oladi, demang. Barcha narsa Allohning irodasi bilan bo'ladi va Alloh taolo dunyo ishlarini sabablarga bog'lab, bizni sabablarga buyurgan. Qizlaringiz va singillaringizni jasur, kuchli qilib tarbiyalang, zero sahobiyalar shunday bo'lganlar.

Bu ishda hukumat va organ xodimlari uchun ibrat bor. Eronda bir necha yil oldin sodir bo'lgan voqeani eslang. O'zini himoya qilib, nomusiga tegmoqchi bo'lgan erkakni o'ldirishga majbur bo'lgan muslimani Eron sudi osib o'ldirishini qarang, Misrning tutgan yo'lini qarang! Albatta musulmonchilik ham, o'zbekchilik ham, adolat ham, qonun ham ikkinchi yo'lni tanlashga chaqiradi.

Bu ishda qalbida marazi bor, fosiqlar uchun ham ibrat bor. Badbaxt 15 yoshli qizning qo'lida nomardlarcha o'lib ketdi. Dunyoda sharmanda bo'lgani, oilasiga ummon bilan yuvsa ketmaydigan sharmandalik olib kelgani yetmaganidek, Allohga yo'liqishi buzuq niyat va harom ish ustida joni olingan holda bo'ldi. Qanday ham hunuk oqibat bu!

MahmudUsmon

@ansor1m
176 views09:51
Ochish/sharhlash
2022-05-20 01:03:01 Qur'oni Karimda Alloh taolo 27 o'rinda insonlarni adolatga buyurgan!
327 views22:03
Ochish/sharhlash
2022-05-20 00:02:01 Islomda adolat haqida

Qadimgi davrda ikki ayolning ikki farzandi birga o'ynab yurganda bo'ri kelib bolalardan birini o'g'irlab olib ketibdi. Shunda ayollardan biri aytdiki, bo'ri seni bolangni olib ketdi dedi. Ikkinchisi esa yo'q meni bolam qoldi, bo'ri senikini olib ketdi dedi. O'rtada tortishuv kelib chiqadi va adolat qilish uchun Dovud alayhissalomning ( u kishi ham nabiy, ham podshoh, ham qozi bo'lgan) oldiga borib vaziyatni tushuntirishadi. Shu mushkulni hal qilib berishni so'rashadi.

Dovud alayhissalom hukmni ikki ayolning yoshi kattasiga chiqaradi va tirik qolgan bola seniki deydi. Shunda ikkinchi ayol norozi bo'lib, birgalikda shikoyat qilib Sulaymon alayhissalomning (Dovud alayhissalomning farzandi) oldiga borishadi. Sulaymon alayhissalom otasining hukmini eshitadi va to'g'ri hukm bo'lmagan deb hisobladi va menga bir pichoq olib kelinglar deb buyruq berdi. Tirik qolgan bolani o'rtasidan shart ikkiga teng bo'lib beraman dedi.

Shunda kichik ayol darhol «yo'q bo'lmang, Alloh rahmat qilsin sizni, mayli roziman bola o'sha ayolga bo'lsin, faqat bunday qilmang» dedi.

Mana shu hiyladan keyin Sulaymon alayhissalom bola kichik ayolga tegishli ekanligini bildi-da, tirik qolgan bolani unga hukm qilib qaytarib berdi.

Adolatli hukm – shu, hadisni bori shu. Xulosani sizga qoldirdim!

@ansor1m
260 views21:02
Ochish/sharhlash
2022-05-02 21:23:01 « G'arb nizomi odamlarni ma'siyatdan to'sib turadigan tashqi sabablarga suyanadi.
Islom nizomi esa odamlarni ma'siyatdan to'sadigan ichki omillarga suyanadi.
»

Abdulloh domla
382 views18:23
Ochish/sharhlash