Get Mystery Box with random crypto!

​​Ramazoniy eslatmalardan: Imom Buxoriy, Abu Daud, Termiziy v | Ansorim

​​Ramazoniy eslatmalardan:

Imom Buxoriy, Abu Daud, Termiziy va boshqalar rivoyat qilgan hadisda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:

من لَمْ يَدَعْ قَوْلَ الزُّورِ وَالْعَمَلَ بِهِ وَالْجَهْل فَلَيْسَ لِلَّهِ حَاجَةٌ فِي أَنْ يَدَعَ طَعَامَهُ وَشَرَابَهُ

Ma'nosi:

Kimki yolg'on- botil gapni va unga amal qilishni hamda jaholatni tashlamas ekan, uning yemay-ichmay kun o'tkazishidan Alloh taolo behojatdir.

Hadisda kelgan "yolg'on gap" (قول الزور)ni ulamolar har qanday yolg'on yoki tuhmat gaplar, befoyda suhbatlar deb sharhlaganlar. Unga amal qilishni esa yolg'on gapirish, tuhmat gapni tashib yurish, g'iybat va boshqa behuda befoyda suhbatlarga aralashish deya sharhlaganlar.
Hadisdagi "الجهل" so'zi esa har qanday gunoh ish deganlar. Ibn Abbos roziyallohu anhu har qanday gunoh-ma'siyat johillikdan deganlar.

Shunga ko'ra, ramazonda kun bo'yi yemay, ichmay, Alloh roziligi uchun, jannat uchun sabr qilgan odam o'sha ibodati savobini olishi uchun avvalo tilini yolg'on, tuhmat, g'iybat va boshqa harom gaplardan tiyishi kerak. Zero, ko'rganingizdek, hadisda avvalo til orqali sodir bo'ladigan gunohlar ta'kidlandi.
Qolaversa, boshqa gunohlardan ham tiyilishi, o'zini qattiq nazorat qilishi lozim. Shu ma'noda ramazon mo'minlarga bir oy davomida yaxshiroq musulmon bo'lish uchun mashq qilib olish imkoniyatini beradigan ta'lim oyidir.

Ushbu ramazonga yetolmagan qancha birodarlarimiz qabrlarida yotibdilar. Keling, bizni unga yetkazgan Alloh taologa shukrona o'laroq o'zimizni avvalo yolg'on, bo'hton va g'iybat kabi gunohlar, qolaversa, boshqa barcha ma'siyatlardan tiyib turaylik. Agar nafsimiz bizni yomonlikka boshlasa, Ibn Moja rivoyat qilgan hadisni eslaylik:

"*Qanchadan qancha ro'zadorlar borki, ularning topgan (savob)lari ochlikdan boshqa narsa bo'lmaydi."*

Alloh taolo barchamizni yaxshilikka boshlasin. Ushbu ramazonni biz uchun oldingilaridan barakotliroq, xayrliroq qilsin.

Mahmud Usm
on

@ansor1m