Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 2022-yil 9-aprel Amir Temur tavalludiga 686 yil to'ldi. | Amir Temur va Temuriylar tarixi

Bugun 2022-yil 9-aprel Amir Temur tavalludiga 686 yil to'ldi. Amir Temur buyuk davlatchiligimiz asoschisi, ulug' sarkarda, nafaqat butun Movarounnahr, balki, Yevropa va Rossiya xaloskori hamdir. U asos solgan buyuk Temuriylar imperiyasi faqatgina davlatni boshqarishda emas, ilm-fan, madaniyat, binokorlik sohasiga ham ulkan yuksalishlar olib kirdi.

"Sohibqiron Amir Temurning shaxsi uning avlodlari bo’lmish faqat bizning emas, balki mintaqamizdagi barcha xalqlarning, butun ma’rifly insoniyatning boyligidir."

Islom Karimov

"Sohibqironning himmati ul erdikim, yo’llar aning ayyomi davlatida emin bo’lg’ay va xudo bandalari har sorikim borsalar, alarg’a tashvish va taraddud bo’lmag’ay, farog’at bila borib kelg’aylar. Munga ko’b sa’y qilur erdi... "

Sharafiddin Ali Yazdiy

"Sohibqiron davlatining o ’ziga xos belgilaridan yana biri shu ediki,
hukmdorligining ibtidosidan intihosigacha uning lashkari bironta
cherikdan mag’lubiyatga uchramadi."


Hafizi Abro'

Kanalimiz:
@AmirTemurtarixi