Get Mystery Box with random crypto!

Bugun firmaga bordim. Appelatsiyaga beramiz deyishdi. Keyin Ju | Alladin's Life

Bugun firmaga bordim. Appelatsiyaga beramiz deyishdi. Keyin Jumaga borib, ibodat qilib, tovuqni olib uyga qaytdim. Nodirbek har doimgidek tovuqni pishirdi. Telefonimga email kelibdi Santanderdan, ofisimizga kelib-keting, siz haqingizda ma'lumotlarni yangilashimiz kerak deb. Santanderdan Bank shchyot qilish uchun foydalangandim. Oldin ham bu bankdan karta ochgandim, lekin ishlatmay qo'ygandim. Keyin shu haqida post o'qidim. Shu nelegal tranzaksiyalar, katta hajmdagi pul yechib olishlar tufayli bank o'z mijozlaridan shubhalanayotganligini, agar borib bu pullar qayerdan kelganini hujjatlar bilan ko'rsatilmasa, akkaunt block bo'lishi, agar ish cho'ziladigan bo'lsa, ish sudgacha borishi mumkin joyi bor ekan. Men juda qo'rqib kettim. Shu oddiy ish sabab qamalib ketishdan qo'rqdim. Chunki men Ujondni ham aldayotgandimda, yolg'on ma'lumot ko'rsatib(hisobimda ko'p pul bor deb). Shu sabab tovuq ham yaxshi ketmadi. Bu yerda ota-onamni, ukalarimni, og'aynilarimni shu yil yozda ko'rolmasligimdan hafa bo'lardim. O'zimcha kartam chiqsa, uydagilarni oldiga boraman deb o'ylagandim. Afsus hali beri borolmas ekanman.
Keyin kechda Shoxrux akaga bank bilan bo'lgan holatni aytdim. U kishi do'sti bilan parallel gaplashayotgan ekan. Menga Slavikga yozib ko'ring, u bilsa kerak deb aytdi. Keyin otkaz olganimni aytdim. Vaay blaa, ko'rdizmi sizga nima degandim. Men qilgan odam bilan topshirish kerak edi. Hamma bolaga karta olib berayapti dedi. Siz tanlagan firma chichib qo'ygan dedi. Hafa bo'ldim. Balkim bo'shligimdan, hammaga ishonuvchanligindandir. 1500 zł to'lagandim firmaga. Lekin taslim bo'lish yo'q. Nasib chiqib qolar. Keyin Slavikga yozdim shunaqa muammo chiqdi deb. U hechqisi yo'q ko'pchilikda, hattoki polyaklarda ham shu muammo bo'ladi dedi. Indamay qo'y, kartang chiqqandan so'ng akkauntingni yopasan deb maslahat berdi. Shoxrux aka firmangizdan decizija ni so'rangchi, bir o'qiylik dedi. Sheviakov ga ham yozdim, yuborvoring deb. Bilmasam nima bo'ladi.
Hozir esa balkonda yotib yozayapman bo'layotgan holat haqida. Insha'Allah hammasi yaxshi bo'ladi.