Get Mystery Box with random crypto!

Yangiliklar ko'p. Kecha karta pobytu dan otkaz olibman. Uncha | Alladin's Life

Yangiliklar ko'p. Kecha karta pobytu dan otkaz olibman. Uncha hafa bo'lganim yo'q. Allohning ishi deb qo'ydim. Balkim kelajakda bo'lishi mumkin bo'lgan urushdan(Rossiya-Polsha) meni asramoqchi deb o'yladim. Nima bo'lganda ham appelatsiyaga topshiramiz dedi firmadagilar. Ko'raylikchi nima bo'larkan. Yana dokumentlarni yig'ib, Allohga tavakkul qilaman.
Ishda ham 2 ta qiziq voqea bo'ldi. Bugun servisda ishladim(mehmonlarga(ha-ha shunaqa, biz iste'molchilarni mehmon deb ataymiz) xizmat ko'rsatish). Bilmadim, ko'pdan beri ishlamaganimgami jilmayib, xursand bo'lib ishladim. Bir payt, bir kishi meni chaqirib, choychaqa berayapti(adashmasam 8 zł edi). Men birinchi avtomatik tarzda xursand bo'lib oldim, keyin o'ylab mumkin emasov dedimda, o'ziga qaytarib berdimda, rahmat kerakmas dedim. U kishi esa, nega? Ahir hamma restoranlarda olishadiku ol, menga ishlashing yoqdi dedi. Men rahmat lekin men ololmayman dedimda kettim. Menegerga bo'lgan voqea haqida aytib berganimda, molodets zo'r qilibsan dedi.
2-voqea. Servisda presentlyorlik qilayotganimda bir soqolli kishi buyurtma bermoqchiligini va inglizcha bilishimni so'radi. Men kassani ko'rsatdim. U menga men musulmonman, men cheeseburger yemayman dedi. Men xursand bo'lib, men ham musulmonman dedim. U yog'ey, zo'rku dedi. Nimani taklif qilasan? -dedi. Men: Veggie burger, veggie wrap bor dedim, Kartoshka fri bor dedim. U ok deb kassaga bordi. Kassada ikki kishi o'tiribdi(Serhii-meneger, Piotrek-instruktor) ular bir qizni pulini qaytimini berishyapti. Qizning yonida bu kishi. Men ularga, qaravoringlar, bu kishi buyurtma bermoqchi dedim. Ular eshitishmadi shekilli, u kishi ham ularga ishora qildi. Chamasi 2-3 minut qizni ishi hal bo'lishini kuttik. Keyin bu kishini buyurtmasiga navbat keldi. Orada qayerdanligini so'radim(Pokistondan ekan). Men esa O'zbekistondanman dedim, Afg'oniston, Qozog'iztonga qo'shni davlat dedim. U ho'p ho'p deb jilmayib qo'ydi. U kishi chekni olib, bir chetda o'tirdi, yuki ham bor edi. Men shasht bilan shu kishini buyurtmasini o'zim olib borishga ahd qildim. Buyurtmani Inna(meneger) tayyorladi, men eltib berdim va boshqa buyurtmalar bilan ovvora bo'lib qoldim. Bir vaqt u kishi meni chaqirib, wrapni ko'rsatib, bu tovuqmi?, - dedi. Men qarasam Wrap Veggieni o'rniga, Wrap Bekon DeLux. Shunaqa noqulay holatga tushdim. Bu boshqa wrap, men sizga o'ziznikini olib kelaman, - deb kettim. Va izlab, topib, olib kelib berdim. U kishi jahli chiqsa kerak deb o'ylagandim. Yo'q tushundi menimcha. Keyin shu holat haqida o'ylab, o'zimga: yilda 1-2 marta bo'ladigan holatni qo'pol bo'lsa ham "chichding" dedim. Juda hafa bo'ldim. Shu kishini yonidan o'tsam, qaramaslikka harakat qilardim, uyalganim sababli. Alloh kechirsin nima bo'lsa ham.
Uxx, juda ko'p bo'lib ketti, lekin juda xursandman, ko'pdan beri bunaqa uzun post yozmagandim. Esdalik bo'lib qoladi