Get Mystery Box with random crypto!

Talabalarga yengillik: kontrakt to‘lash muddati 1-martga qadar | Alisher Sadullaev

Talabalarga yengillik: kontrakt to‘lash muddati 1-martga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021/2022-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022-yilning 1-marti etib belgilandi.

Ushbu muddat quyidagilar uchun:

to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etilganlar (magistratura, bakalavr);

to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar (texnikum, kollej);

tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

@alisher_sadullaev