Get Mystery Box with random crypto!

ALFRAGANUS UNIVERSITY

Telegram kanalining logotibi alfraganusuniversity — ALFRAGANUS UNIVERSITY A
Telegram kanalining logotibi alfraganusuniversity — ALFRAGANUS UNIVERSITY
Kanal manzili: @alfraganusuniversity
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 68.63K
Kanalning ta’rifi

🕌 ALFRAGANUS UNIVERSITY – ZAMONAVIY TA'LIM VA SHARQONA TARBIYA UYG'UNLIGI !
Call markaz: TEL: 78 122 75 57 @Alfraganus_callcenter
Manzil: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Tiklanish MFY, Yuqori qoraqamish ko’chasi, 2 “a” uy.
Litsenziya raqam: 05038

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-05 09:11:33
YANGI LOYIHA

"BIZNES G’OYALAR TANLOVI”ga start beramiz!

Siz talaba bo’lishingizga qaramay, moliyaviy mustaqil bo’lishni istaysiz. Biznes qilishga qiziqasiz. Biznes g’oyangiz ham bor, ammo ishni nimadan boshlashni bilmay turibsiz!

Bizning tanlovimizda ishtirok eting!

SHARTLAR:
— G'oyalaringizni yozing va bizga elektron shaklda taqdim qiling;
— Biznes g’oyangizda ko’zda tutilgan moliyaviy manbalar, smeta ham ilova qilinishi lozim.

TANLOV SIZGA NIMA BERADI?
— Malakali ustozlarga biriktirilib, g’oyalaringiz mukammallashtiriladi va amalga tatbiq qilishda ko’mak beriladi.
— Bepul biznes kursga vaucher beriladi.
— Maxsus sertifikatga ega bo’lasiz.

MUDDAT: 15-mayga qadar.
Biznes g’oyalar himoyasi esa 20-22-may kunlari universitetning 1-binosida o’tkaziladi.

Klubga a’zo bo’lish: @AFUsoftskillsandhardskills
Murojaat uchun:
Bosh koordinatorlar
@Sevinch_Ismoilova_04_03
@Nematovich_Hr

Telegram Facebook Instagram Twitter YouTube web-sayt
17.0K viewsedited  06:11
Ochish/sharhlash
2024-04-02 19:43:48
”AFU TOUR” klubi tashabbusi

Talabalar dam olish kunini maroqli o'tkazish maqsadida “AFU TOUR” klubi tomonidan Achchiqko'lda iftorlik tashkil etildi.

Batafsil videoda

Klubga ulanish: @AFU_tour_group

AFU rasmiy sahifalari
Telegram Facebook Instagram Twitter YouTube web-sayt
12.6K views16:43
Ochish/sharhlash
2024-03-29 15:15:48
TANISHING | #Universitetnashri

Xasanov Qahramon Ahmadjonovich muallifligidagi «Внутренний контроль в выбранном финансовом институте: теория и современность» (Tanlangan moliya institutidagi ichki nazorat: nazariya va zamonaviylik) mavzusidagi monografiya C0S0 va C0BIT asoslariga e'tibor qaratgan holda tashkilotlardagi ichki nazorat tizimlarini chuqur tahlil qilishga bag'ishlangan.

U alohida buxgalteriya bo'linmalarining ichki nazorat tizimlarining yetarliligi va takomillashtirish yo'nalishlarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot ko'p o'lchovli yondashuvni qo'llaydi, ichki nazorat tizimlarining nazariy asoslarini o'rganadi, ularni amaliy qo'llash bilan taqqoslaydi va amaliy tavsiyalar beradi.

AFU rasmiy sahifalari
Telegram Facebook Instagram Twitter YouTube web-sayt
20.3K views12:15
Ochish/sharhlash
2024-03-26 18:11:32
OCHIQ DARS #Tibbiyot

Аlfrаgаnus universitetining Tibbiyot fakulteti dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Ibragimxodjayev Bahodir Ubaydullayevich boshchiligida “Tibbiy biologiya umumiy genetika” fani bo`yicha “Ekologiya”, “Global ekologiya”, “Odam ekologiyasi”, “Adaptiv tiplar”, “Genetik monitoring” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Tibbiyot fakultetida tashkil etilgan ochiq darsga tashqi ekspert sifatida O‘zbekiston Milliy universitetining “Ekologiya, ekologik monitoring” kafedrasidan dotsent O`tkir Abduhalilovich Nabiyev taklif etildi.

Unda ishtirok etgan o`qituvchilar ham soha bo`yicha o`zlari qiziqtirgan savollariga javob oldilar. O`qituvchilarning samarali dars o‘tish metodlari bo‘yicha o‘zaro dars almashishda ochiq darslar muhim ahamiyatga ega.

AFU rasmiy sahifalari
Telegram Facebook Instagram Twitter YouTube web-sayt
17.6K views15:11
Ochish/sharhlash
2024-03-25 15:46:54
YOSH REJISSYOR BILAN UCHRASHUV

Bugun “Alfraganus universiteti tajribasi” nomli qisqa metrajli film olish rejalashtirildi. Unda klublar faoliyati ta’sirchan usullarda ochib berilishi ko’zda tutildi.

“Faol talabalar” klubi tashabbusi bilan prodyuser, klipmeyker, yosh rejissyor Mirzo Bobosoliyev bilan rasmiyatchilikdan holi samimiy muloqot tashkil etildi.

Unda yosh bo’lishiga qaramay tanilib borayotgan Mirzo Bobosoliyev tomonidan olingan filmlar namoyish qilindi.

Talabalar o’zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

AFU rasmiy sahifalari
Telegram Facebook Instagram Twitter YouTube web-sayt
13.3K views12:46
Ochish/sharhlash
2024-03-21 06:42:41
#REKTOR_QUTLOVI

Assalomu alaykum, qadrli Alfraganus universiteti oilasi va hurmatli oilamizning hamkor do’stlari!

Shukronalik, yangi hayot, yangi orzular bayrami - Navro’zi olam muborak bo’lsin.

Qalblarimizga umid va quvonch to‘ldirib kelgan mana shunday dilbar lahzalarda barcha professor-o’qituvchilarimizni, talaba yigit-qizlarimizni qolaversa, barcha yaqin hamkorlarimizni Navro’z tashrifi bilan samimiy qutlayman.

Sharqona yangi yilimiz qutlug’ bo‘lsin! Shunday munavvar ayyomga oilamiz bilan, el-yurtimiz bilan sog‘-omon yetganimiz uchun, avvalo, Yaratganimizga shukronalar aytamiz. Qalbimizdan bahor nafasi, kayfiyati aslo ketmasin. Oilaviy tinchlik, xotirjamlik, dasturxonimizga qut-baraka tilayman! Yurtimiz yanada taraqqiy etsin, xalqimiz hamisha farovon yashasin!

Hurmat bilan,
Alfraganus universiteti rektori
M.M.Maxmudov

AFU rasmiy sahifalari
Telegram Facebook Instagram Twitter YouTube web-sayt
12.6K views03:42
Ochish/sharhlash
2024-03-16 13:03:56
EXCLUSIVE UCHRASHUV

“Markaziy studiya” loyihasi rahbari, jurnalist, teleboshlovchi, prodyuser Sarvar Bahodir bilan “Internetda OAV biznesi: jurnalistikada online daromad” mavzusida o’tkazilgan uchrashuv video lavhasi

AFU rasmiy sahifalari
Telegram Facebook Instagram Twitter YouTube web-sayt
13.2K views10:03
Ochish/sharhlash
2024-03-16 10:08:05
#BUGUN_HASHAR #LIVE

Jarayondan foto lavhalar bilan tanishing!

AFU rasmiy sahifalari
Telegram Facebook Instagram Twitter YouTube web-sayt
14.7K views07:08
Ochish/sharhlash
2024-03-05 07:16:25
TALABA YUTUG’I

Sportning armrestling turi bo'yicha Samarqand viloyatida bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionatida Alfraganus universiteti Jismoniy tarbiya va sport fakulteti, 2-bosqich, sirtqi ta’lim shakli talabasi, “Ahmad al-Farg’oniy” stipendiyasi sohibasi Nazokat Soliyeva 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

TABRIKLAYMIZ!

AFU rasmiy sahifalari
Telegram Facebook Instagram Twitter YouTube web-sayt
13.9K views04:16
Ochish/sharhlash
2024-03-05 06:38:44
#BILASIZMI

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga qanday a’zo bo’lish mumkin?

Batafsil videoda

AFU rasmiy sahifalari
Telegram Facebook Instagram Twitter YouTube web-sayt
14.0K views03:38
Ochish/sharhlash