Get Mystery Box with random crypto!

Baxtga qachon erishamiz? Bir seminarda 50 kishi o'tirgan ekan | Akbar Yarashbaev

Baxtga qachon erishamiz?

Bir seminarda 50 kishi o'tirgan ekan. Birdan notiq to'xtab, har bir tinglovchiga bittadan shar berib chiqibdi. Ulardan sharga o'z ismlarini yozishni so'rabdi. Hamma ismini yozgach, 50 ta sharni boshqa xonaga olib borib qo'yishibdi.
So'ngra barchaga u xonaga kirishni va o'z ismi yozilgan sharni 5 daqiqa ichida topishni buyuribdi.
Qatnashchilar qidir-qidirga shunchalik sho'ng'ib ketishibdiki, to'g'ri kelgan sharni olishar va boshqa yoqqa uloqtirishar edi. 5 daqiqa ichida haqiqiy tartibsizlik boshlanibdi, odamlar bir biriga urilib-surilib hech kim o'ziga atalgan sharni topa olmabdi.

Keyin esa notiq debdi:
Endi sizga bir daqiqa beriladi va bu safar kim boshqa birovning sharini topib olsa, unga bersin.
Ishtirokchilar sharlarni olishibdi va darrov egasiga yetkazishibdi. 1 daqiqaga qolmasdan hamma o'ziga atalgan o'z sharining "peshonasi"ga yozilgan narsaga ega bo'lishibdi.

Notiq aytibdiki:
Ko'rdingizmi, hayotimiz ham shunday tuzilgan. Barcha o'z baxtini izlashga shu kabi sho'ng'iganki, boshqalar bilan umuman ishi yo'q.
Biz bilmaymizki, kimnidir baxtli qilish bizning qo'limizda, qachonki qo'limizni bo'shatib, o'z egasiga haqiqiy baxt in'om etarkanmiz, shunda biz ham baxtli bo'lamiz!
Baxtingiz boshqalarning baxtida mujassam ekan, bering ularga o'z baxtini, shunda o'z baxtingizga ega bo'lasiz!

Bilasizmi, faylasuflardan biri aytganki:
"Siz boshqalarni qay darajada baxtli qila olsangiz, shunchalik baxtlisiz!"

@jajjining_kundaligi