Get Mystery Box with random crypto!

AHMAD Education

Telegram kanalining logotibi ahmadeducation — AHMAD Education A
Telegram kanalining logotibi ahmadeducation — AHMAD Education
Kanal manzili: @ahmadeducation
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 563

Ratings & Reviews

4.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-08-23 10:20:21 Muhabbatga aylangan vazifa, tuganmas motivatsiyaga aylangan oilaviy chaqiriq, millat va kelajak avlodni isloh qilish yo’lida hech bo’lmaganda kichik bir detal vazifasini bajarish orzusi, va nihoyat, in shaa Allohu-Kariym, dunyo tamaddunida Bayt-ul-Hikma darajasiga chiqarilishi niyat qilingan AHMAD Education brendi ibtidosi, ta’sisi haqida.

Barcha katta muvaffaqiyatlar, kichik qadam va qoqilishlardan boshlanadi. Asosiysi, Allohga, Uning va’dalariga va g’oyaga ishonch va sadoqatni barqaror va bardavom bo’lishligi.

Saflarni tekislang, bizni buyuk kelajak kutmoqda!

AHMAD Education - manfaatli ilm sari!

Videoni tõliq holatini you tube hamda instagram kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.

Youtube | Instagram | Telegram | Facebook
609 views07:20
Ochish/sharhlash
2022-08-23 10:19:59
569 views07:19
Ochish/sharhlash
2022-07-30 14:36:42 Bitiruv yillari o'quvchi uchun eng og'ir kunlardan iboratdir. Chunki bolalik ortda qolmoqda, mas'uliyat ortgani ortgan, iqtidor esa hali-hanuz kashf etilgani yo'q, maqsad noaniq. Aynan shu davrda o'quvchilar, to'g'ri yo'l ko'rsata oladigan bir murabbiy, ustozga ehtiyoj sezishadi.

Aslida, insonlar bir-birlariga jismonan va ma'nan o'xshaydilar, ammo shak-shubhasiz har bir insonning fitratida o'ziga xos va mos bo'lgan durdonasi, iqtidori mavjuddir. Ushbu iqtidor kashf etilgan va sayqallangani sari o'z egasini yuksalish, kamolotga yetaklaydi. Gap aynan shu iqtidorni kashf qilishda...

Aziz ota-onalar, lutfan, farzandingiz iqtidorini kashf qilishiga murabbiy o'laroq ko'mak bering. Biz AHMAD International School, sizga bu ishda yordam berishga tayyormiz.

Saflarni to'g'rilang, bizni buyuk kelajak kutmoqda!
Farzandingiz kelajagiga befarq bo'lmang!

0-1-11-sinfgacha qabul qilamiz!

AHMAD Education – manfaatli ilm sari!
Imtihonga rõyhatdan õting.

99 110 45 00

Manzil:
Qo'qon sh., Farobiy ko'chasi 2a

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
220 views11:36
Ochish/sharhlash
2022-07-30 14:36:30
221 views11:36
Ochish/sharhlash
2022-07-24 14:43:53 Ijtimoiy odoblar… bu faqat ovqatlanish qoidalarimi? Yoki jamoat joyida inson o‘zini qanday tutishi lozimligi to‘g‘risida bir ro‘yhatmi? U o‘zi nimaga kerak?

Keling yaxshisi bu savollarga hozir o‘qiyotganim «Bolalar muvaffaqiyatga qanday erishadilar?» nomli kitobdagi bir maktub orqali javob topamiz.

Bu maktub ikkinchi jahon urushidan omon qolgan bir askarning o‘z o‘qituvchisiga yo‘llagan murojatidir:

«Muhtaram USTOZ!

Men konslagerdan omon qolganman. Mening ko‘zlarim hech kim guvoh bo‘lmasligi kerak bo‘lgan narsalarni ko‘rdi:

oliy maʼlumotli muhandislarning qurgan gaz kameralari, malakali shifokorlar hukm qilgan bolalar, o‘qimishli hamshiralar tomonidan o‘ldirilgan go‘daklar, litsey va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari tomonidan otib tashlangan ayollar va norasidalar... Shu bois taʼlimga shubham bor.

Sizdan iltimosim: o‘quvchilaringizning haqiqiy inson bo‘lishiga yordam bering. Sizning say-harakatlaringiz mevasi o‘laroq yirtqich hayvonlar, «muvaffaqiyatli” isyonkorlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang.

O‘qish, yozish va hisoblash faqat farzandlarimizning yaxshi inson bo‘lishiga hissa qo‘shsagina muhimdir”


Menimcha, izohga hojat yo‘q, ammo Alisher Navoiy bobomizning quyidagi misralarini aytmay keta olmayman:

Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki nishoni anga iymon erur.

Va yana bir narsa, aziz ota-onalar! Keling, farzandlarimizni odatlar bilan emas, ilm bilan oyatlar bilan tarbiyalashni boshlaylik. Bu ishni «Tarbiyaning oltin kaliti” nomli kitobni o‘qish ila boshlashimiz mumkin…. Kitob koni foyda!

Farzandingiz kelajagiga befarq bo'lmang!

0-1-11-sinfgacha qabul qilamiz!

AHMAD Education – manfaatli ilm sari!
Imtihonga rõyhatdan õting.

99 110 45 00

Manzil:
Qo'qon sh., Farobiy ko'chasi 2a

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
205 viewsedited  11:43
Ochish/sharhlash
2022-07-24 14:43:49
203 views11:43
Ochish/sharhlash
2022-07-17 13:55:24
Sizga ham «Mantiqan oʼylab koʼring!» deb doʼq urishganmi?

Аyniqsa bahslarda juda koʼp uchraydi-a? Mantiq oʼzi nima? Mantiqan oʼylash qanday boʼladi?

Bu agar fan boʼlsa, nimalarni oʼrganadi? Uning qoidalari bormi?

Xullas, azizlar, boshingizni savollar bilan ogʼritmoqchi emasmanu, ammo aynan shu fanni oʼrganish juda koʼp muammolarimizga yechim boʼladi deb oʼylayman.

Chunki Forobiy bobomiz bu fanni «ilmlarning raisi» deb nomladilar. Аlloma Ibn Sino esa unga «ilmlarning xodimi» dedi.

Hujjatul Islom boʼlmish Imom Gʼazzoliy «Kim mantiq ilmini bilmasa, uning ilmiga aslo ishonch yoʼqdir» deganlar.

Аzizlar, mantiqan oʼylab koʼring, bu ilm sizga kerakmi? ( )
Farzandingiz kelajagiga befarq bo'lmang!

0-1-11-sinfgacha qabul qilamiz!

AHMAD Education – manfaatli ilm sari!
Imtihonga rõyhatdan õting.

99 110 45 00

Manzil:
Qo'qon sh., Farobiy ko'chasi 2a

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
193 views10:55
Ochish/sharhlash
2022-07-13 14:27:25
Garchi qiyin bo'lsada, bir tasavvur qiling! Texnologiyalar shu qadar rivojlanib ketsa va bir davlatning, deylik Amerikaning prezidentini bolaligiga qaytarib, sizga tarbiyalashingiz uchun topshirishsa. Nima qilasiz? Unga qanday munosabatda bo'lasiz? Tarbiyadagi qaysi jihatlarga e'tibor qaratasiz? Nimalarni o'rgatasiz? Tushunyapsizmi, sizga bir mamlakatning bo'lajak rahbarini topshirishmoqda.

Tasavvur qildingizmi?
Endi, barchamiz o'zimizga yuzlanaylik, o'sha bolaga bermoqchi bo'lganimiz tarbiyani, xozir, o'z jonimizdan bo'lgan farzandimizga beryapmizmi?

Uchinchi renessans bunyodkorlarining aziz ota-onalari! Kelajakning Ibn Sino, Beruniy va Buxoriysiga befarq bo'lmang!

Farzandingiz kelajagiga befarq bo'lmang.

AHMAD Middle School – manfaatli ilm sari!

0-1-11-sinfgacha qabul qilamiz!

Imtihonga rõyhatdan õting.

99 110 45 00

Bizning manzil:
Qo'qon sh. Farobiy k. 2a

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
399 views11:27
Ochish/sharhlash
2022-06-30 17:13:22 Channel photo updated
14:13
Ochish/sharhlash
2022-06-12 16:08:31
Fizika-matematika fanlari doktori, Akademik,
Mamadaliyev Foziljon Abdullayevich.
"Ilm-fan arboblari" mavzusidagi uchrashuvidan video lavha.

Videoning to'liq holatini You tube kanalimizda ko'rinishingiz mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Instagram | Facebook |YouTube
1.9K views13:08
Ochish/sharhlash