Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy odoblar… bu faqat ovqatlanish qoidalarimi? Yoki jamoa | AHMAD Education

Ijtimoiy odoblar… bu faqat ovqatlanish qoidalarimi? Yoki jamoat joyida inson o‘zini qanday tutishi lozimligi to‘g‘risida bir ro‘yhatmi? U o‘zi nimaga kerak?

Keling yaxshisi bu savollarga hozir o‘qiyotganim «Bolalar muvaffaqiyatga qanday erishadilar?» nomli kitobdagi bir maktub orqali javob topamiz.

Bu maktub ikkinchi jahon urushidan omon qolgan bir askarning o‘z o‘qituvchisiga yo‘llagan murojatidir:

«Muhtaram USTOZ!

Men konslagerdan omon qolganman. Mening ko‘zlarim hech kim guvoh bo‘lmasligi kerak bo‘lgan narsalarni ko‘rdi:

oliy maʼlumotli muhandislarning qurgan gaz kameralari, malakali shifokorlar hukm qilgan bolalar, o‘qimishli hamshiralar tomonidan o‘ldirilgan go‘daklar, litsey va oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari tomonidan otib tashlangan ayollar va norasidalar... Shu bois taʼlimga shubham bor.

Sizdan iltimosim: o‘quvchilaringizning haqiqiy inson bo‘lishiga yordam bering. Sizning say-harakatlaringiz mevasi o‘laroq yirtqich hayvonlar, «muvaffaqiyatli” isyonkorlar paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang.

O‘qish, yozish va hisoblash faqat farzandlarimizning yaxshi inson bo‘lishiga hissa qo‘shsagina muhimdir”


Menimcha, izohga hojat yo‘q, ammo Alisher Navoiy bobomizning quyidagi misralarini aytmay keta olmayman:

Kimki jahon ahlida inson erur, Bilki nishoni anga iymon erur.

Va yana bir narsa, aziz ota-onalar! Keling, farzandlarimizni odatlar bilan emas, ilm bilan oyatlar bilan tarbiyalashni boshlaylik. Bu ishni «Tarbiyaning oltin kaliti” nomli kitobni o‘qish ila boshlashimiz mumkin…. Kitob koni foyda!

Farzandingiz kelajagiga befarq bo'lmang!

0-1-11-sinfgacha qabul qilamiz!

AHMAD Education – manfaatli ilm sari!
Imtihonga rõyhatdan õting.

99 110 45 00

Manzil:
Qo'qon sh., Farobiy ko'chasi 2a

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube