Get Mystery Box with random crypto!

Hosilni siyraklatish (toqalash) Hosilni ertaroq siyraklatish | Агро хаёт

Hosilni siyraklatish (toqalash)

Hosilni ertaroq siyraklatish hujayralar bo‘linishi va kengayishini avj oldiradi. Bu holat ko‘p hosil soladigan navlarda, ayniqsa, yaqqolroq ko‘zga tashlanadi. Tasavvur qiling, olma shoxida 10 ta gul bor. Ushbu 10 ta gulga faqat 10000 ta hujayra bo‘linishi uchun yetarli barg va undan keladigan ozuqa mavjud.

Agar olmalarni siyraklatmasak, 10 ta gulda hosil bo‘ladigan 10 ta mevaga 1 000 donadan hujayra to‘g‘ri keladi. Agar mevalar sonini 5 taga siyraklatsak, har bir olmada 2000 dona hujayra paydo bo‘ladi. Mevadagi hujayra soni mevalarning yirikligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadi. Hujayralar bo‘linishi tugagandan so‘ng hujayralar suv bilan to‘la boshlaydi. Hujayra mevada qancha ko‘p bo‘lsa, olma mevasining hajmi shuncha katta bo‘ladi

Yaqinlarga ham ulashing

Bizni kuzatib boring

Telegram   Instagram
TikTok