Get Mystery Box with random crypto!

Bir yilda 3 metrdan ziyod o'sgan tuvakda yetishtirilgan intens | Агро хаёт

Bir yilda 3 metrdan ziyod o'sgan tuvakda yetishtirilgan intensiv o'rik ko'chatlari

2021-yil may oyida Farg'ona viloyati, Dang'ara tumanidagi bog' egasi bizning o'rik, olxo'ri, nektarin, anjir-shaftoli va behi ko'chatlarimizdan bog' tashkil qildilar. Barcha ko'chatlar, yaxshi bo'y oldi, ayniqsa o'rik ko'chatlari bir yilda 50 sm dan 3,5 metrgacha bo'y oldi va daraxt shakliga keldi.

Bu ko'chatlarning tez o'sishi va mustahkam o'rnashishiga asosiy sabab - Myrobolan 29C klon payvandtaglaridir. Ushbu payvandtagga ulangan ko'chatlar nafaqat tez o'sadi, balki har xil turdagi kasalliklarga chidamli bo'ladi. Eng asosiysi hosilning soni va sifatiga katta ta'sir o'tkazadi. Shu sababdan bizning kompaniyamiz yetishtirgan ko'chatlar hosilining tarozisi og'ir va 80% eksportbop bo'lib yetishadi.

Siz ham serdaromad va barqaror biznes egasiga aylaning. Bizga murojaat qiling va biz sizga intensiv bog' biznesini tashkil qilishda yordam beramiz.

Telefon va Telegram: +998974441101