Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli veterinariya va chorvachilik sohasi fidoyilari, aziz | Агро хаёт

Hurmatli veterinariya va chorvachilik sohasi fidoyilari, aziz do‘stlar!

Ma’umki, aprel oyining oxirgi shanbasi "Xalqaro veterinariya kuni" sifatida keng nishonlanadi. Bu aslida mazkur kasbga bo‘lgan fidoyi insonlar mehnatini qadr qilishning bir sanasi, e’tirof demakdir.
Yurtimizda ham soha xodimlari Prezidentimiz va hukumatimizning doimiy g‘amho‘rligi va e’tiborida.
Yaqinda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimiga o‘tkazilishi bu sohani yondosh tarmoqlar bilan kompleks rivojlantirish imkonini berdi.

Fursatdan foydalanib o‘zim, qolaversa Qishloq xo‘jaligi vaziriligi nomidan soha vakillarini – "Xalqaro veterinariya kuni" munosabati bilan samimiy qutlayman. Faoliyatingiz davomida zafarlar va muvaffaqiyatlar tilayman.
Doimo el-yurt oldida yuzingiz yorug‘ bo‘lsin!

Hurmat bilan
Aziz Voitov
@azizvoitov