Get Mystery Box with random crypto!

🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi adtiuz_rasmiy — 🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali A
Telegram kanalining logotibi adtiuz_rasmiy — 🏛ADTI.UZ | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @adtiuz_rasmiy
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.90K
Kanalning ta’rifi

🏛 Andijon davlat tibbiyot instituti
®️ 1955-yilda asos solingan.
📍 Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy
📲 Telefon: (0-374) 223-94-60
⌨️ Murojaat uchun: @adti_murojaat_portali_bot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-30 19:23:45
Mustaqil va osoyishta diyorga albatta bayramlar yarashadi. Yurtimizning barcha jabhalarida “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz!” shiori ostida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 31 yilligi keng nishonlanmoqda. Viloyatimizning istirohat bogʻida bayram tadbiri ayni qizgʻin pallada. Unda Andijon davlat tibbiyot institutining jamoasi ham munosib ishtirok etmoqda.

Tadbir avvalida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov barcha yurtdoshlarimizni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Bayram tadbirida buyuk siymolarimiz qadim tarixdan soʻzlagan boʻlsalar, sportchilar, harbiylarning namoyishi barchaga oʻzgacha kayfiyat baxsh etdi. “Andijon polkasi” raqsi va Andijon yoshlar simfonik orkestrining musiqiy dasturlari navbatdagi konsertga start berdi. Viloyatimizning hamda respublikamizning taniqli sanʼatkorlari oʻz qoʻshiqlari bilan chinakam bayram tuhfasini taqdim etdilar.

Tadbir davom etmoqda.

Andijonnoma rasmiy kanalining suratlaridan foydalanildi
982 views16:23
Ochish/sharhlash
2022-08-30 12:31:02 Davlat oliy ta'lim muassasalari magistraturaga 2022/2023-o'quv yili bo'yicha tanlov natijalari qaydnomasi

Magistraturaga kirishda abituriyentlar (bakalavr darajasiga ega bo‘lganlar, diplomli mutaxassislar) oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar.

1. Magistratura mutaxassisligi ko‘rsatilgan holda, oliy ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza (institutda yoziladi)
2. oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti bo‘yicha o‘qib tugatganlar uchun) hamda unga ilova;
3. 3.5 x 4.5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;
4. 086-U-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
5. Hujjatlar taqdim etilishi jarayonida abituriyentlar pasportini shaxsan ko‘rsatadilar va 4 dona ksero nusxasini taqdim etadi.

Magistraturaga qabul bo’yicha xujjatlarni rasmiylashtirish kuni alohida e’lon qilinadi.
1.4K views09:31
Ochish/sharhlash
2022-08-30 09:41:39
Rasman: Test natijasidan norozi bo'lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
1.5K views06:41
Ochish/sharhlash
2022-08-30 09:38:49
#online

KLINIK ORDINATURA MUTAXASSISLIKLARIGA XUJJAT TOPSHIRGAN TALABGORLARNING TEST TOPSHIRISH JARAYONLARI BO’LIB O’TMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 18-iyuldagi “2022/2023-o‘quv yilida klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul qilish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan Andijon davlat tibbiyot institutida klinik ordinatura mutaxassisliklariga xujjat topshirgan talabgorlarning test topshirish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Test topshirish jarayonlarining shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash maqsadida qator tashkilot vakillari, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish va Komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi xodimlari va ota-onalar ishtirok etmoqda.
1.4K views06:38
Ochish/sharhlash
2022-07-08 15:07:00
PAXTAOBOD ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI OʻRGANILDI

Andijon davlat tibbiyot instituti rektori M.Madazimov Paxtaobod tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida boʻldi. Unda texnikum rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazilib, muassasa imkoniyatlari bilan tanishildi. Oʻquv-labaratoriya xonalari, kutubxonadagi adabiyotlar soni koʻzdan kechirildi. Suhbat davomida texnikumning moddiy-texnik bazasi, institut bilan amaliy hamkorliklarni olib borish, mutaxassislar va talabalar almashinuvi, ustoz-shogird anʼanalari kabi mavzularda fikr-mulohazalar bildirildi. Bu borada institut tomonidan barcha imkoniyatlar yaratilishi va hamkorlikda ish olib borishga kelishib olindi.

https://adti.uz/paxtaobod-abu-ali-ibn-sino-nomidagi-jamoat-salomatligi-texnikumi-o%ca%bbrganildi/
431 views12:07
Ochish/sharhlash
2022-07-08 10:37:05
SAHOVAT TADBIRLARI BOSHLANDI

Qurbon hayiti munosabati bilan Andijon davlat tibbiyot instituti tomonidan hayrli tadbirlar tashkil etish start oldi. Birinchi manzil Oʻzbekiston Respublikasi tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi tasarrufidagi Boʻtaqora “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun erkaklar internat uyi boʻldi.

https://adti.uz/sahovat-tadbirlari-boshlandi/
639 views07:37
Ochish/sharhlash
2022-07-08 09:49:53
#halqaro_hamkorlik

EJE UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIKDA SIMPOZIUM OʻTKAZILADIGAN BOʻLDI

Turkiyaning Eje universiteti bilan hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanmoqda. Stomatologiya fakulteti, Xalqaro aloqalar boʻlimi xodimlari hamda Eje universitetining mutaxassislari ishtirokida oʻtkazilgan onlayn muloqotni Ilmiy ishlar va innovatsiya boʻyicha prorektor K.Salohiddinov olib bordi.

Muzokaralar davomida qoʻshma ilmiy simpoziumlarni oʻtkazish, akademik va talabalar mobilligini rivojlantirish boʻyicha kelishib olindi. Simpoziumlarni oʻtkazish yangi oʻquv yiliga rejalashtirildi.
692 views06:49
Ochish/sharhlash
2022-07-07 20:01:54 #Qabul2022

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imithon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati
tasdiqlandi

Mazkur ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar B1 darajasi formati va baholash mezonlari asosida o‘tkaziladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlarga OTMlarga kirish test sinovlarida chet tili fanidan belgilangan maksimal ballga nisbatan foiz hisobida tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiriladigan yo‘nalishlarni tanlagan abituriyentlarga faqat yuqorida keltirilgan 6 ta OTMning tegishli ta’lim yo‘nalishlari doirasida beshtagacha ta’lim yo‘nalishlarini tanlash imkoniyati beriladi.

Bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradigan abituriyentlarga chet tili fanidan test sinovlari topshiriladigan ta’lim yo‘nalishlarni tanlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
975 views17:01
Ochish/sharhlash
2022-07-07 20:01:31 #Qabul2022

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha 2 %li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun respublika bo‘yicha jami 3 617 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi
ta’lim shakli uchun – 2 460 ta;
sirtqi ta’lim shakli uchun – 891 ta;
kechki ta’lim shakli uchun – 198 ta;
masofaviy ta’lim shakli uchun – 68 ta.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
800 views17:01
Ochish/sharhlash
2022-07-07 20:01:18 #Qabul2022

Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari uchun qo‘shimcha 1%li qabul ko‘rsatkichlari taqsimoti

Davlat komissiyasining bayoni bilan Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, ular uchun respublika bo‘yicha jami 1 809 ta qo‘shimcha kvota ajratildi.

Ta’lim shakllari kesimida:

kunduzgi ta’lim shakli uchun – 1 230 ta;
sirtqi ta’lim shakli uchun – 446 ta;
kechki ta’lim shakli uchun – 99 ta;
masofaviy ta’lim shakli uchun – 34 ta.

Kvotalar to'liq @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating: @eduuz
746 views17:01
Ochish/sharhlash