Get Mystery Box with random crypto!

Adolat SDP |Jizzax viloyati

Telegram kanalining logotibi adolat_sdp_jizzax — Adolat SDP |Jizzax viloyati A
Telegram kanalining logotibi adolat_sdp_jizzax — Adolat SDP |Jizzax viloyati
Kanal manzili: @adolat_sdp_jizzax
Toifalar: Siyosat , Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 98

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2023-02-23 05:43:30 Ozbekistonda 4 ballik zilzila kuzatilldi

Bugun Toshkent vaqti bilan 05:37da Тojikistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila episentri Toshkentdan 435 km janubiy-sharqda. Uning  O'zbekistonda sezilish kuchi:

Farg'onada 4 ball;
Andijonda 4 ball;
Namanganda 4 ball;
Sirdaryoda 3-4 ball;
Toshkent shahrida 3-4 ball;
Jizzaxda 3-4 ball;
Surxondaryoda 3 ball;
Samarqandda 3 ball;
Qashqadaryoda 3 ball;
Navoiyda 3 ball;
Buxoroda 3 ballni tashkil etdi, deb xabar berdi FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
39 viewsDoston ZOKIROV, 02:43
Ochish/sharhlash
2023-02-23 04:23:59 1-apreldan boshlab IT ta’lim markazlari va ularning bitiruvchilari uchun yangi sharoitlar yaratiladi. Jumladan:

o‘z bitiruvchilarini IT xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashtirsa, markazlarga har bir mutaxassis uchun 25 million so‘mgacha, nogironligi bo‘lgan yoshlarga esa 35 million so‘mgacha subsidiya beriladi;

IT sertifikati bor yoshlarga kompyuter xaridi uchun 7,5 million so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit hamda Mahallabay ishlash va Yoshlar agentliklari, Bandlik jamg‘armasi tomonidan berilayotgan subsidiya ularning shaxsiy plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
42 viewsDoston ZOKIROV, 01:23
Ochish/sharhlash
2023-02-21 16:39:25 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy bayonot berdi:

Magistratura qishki qabulida o‘qishga kirgan xotin-qizlarning kontrakt pullari ham davlat tomonidan to‘lab beriladi

Shu bois, magistraturaga tavsiya etilganlar ushbu imtiyozdan foydalanish maqsadida OTM rahbariyatiga ariza bilan murojaat qilishlari so‘raladi.

Ma'lumot o‘rnida, ushbu tartib belgilangan muddatga qadar ariza bermaganlarga (lekin hali qonunchilikda qishki qabul uchun muddat belgilanmagan), tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga hamda nodavlat OTMning magistraturasi uchun tatbiq etilmaydi.
28 viewsDoston ZOKIROV, 13:39
Ochish/sharhlash
2023-02-21 11:51:46 Ёшлар диққатига!

Маҳалладаги ёшлар етакчилари тавсияси асосида ёшларга бериладиган 20 та ёрдам турларининг рўйхати ва миқдори билан танишинг!

ёш оилаларга уй-жой қуриш учун кредит;

ҳайдовчилик ўқув курси учун моддий ёрдам;

ёш оилалар учун турар жой ижараси учун моддий кўмак ва бошқа бир қатор ёрдамлар.

Батафсил
35 viewsDoston ZOKIROV, 08:51
Ochish/sharhlash
2023-02-20 05:38:45 Шавкат Мирзиёев Миср Араб Республикаси Президенти Абдулфаттоҳ Ас-Сисининг таклифига биноан 20-21 февраль кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.
35 viewsDoston ZOKIROV, 02:38
Ochish/sharhlash
2023-02-19 11:03:20 СУБСИДИЯ ОРҚАЛИ УЙ ОЛМОҚЧИ БЎЛГАН ОИЛАЛАРНИНГ ОЙЛИК ДАРОМАДИ ҚАНЧА БЎЛИШИ КЕРАК

САВОЛ;
Мен субсидия билан уй-жой сотиб олмоқчи эдим. Субсидия орқали уй олиш учун оиланинг ойлик даромади қанча бўлиши керак ?

ЖАВОБ;
Вазирлар Маҳкамасининг 182-сон қарори билан тасдиқланган Низомга асосан, талабгор шахс ёки оиланинг қонунчилик ҳужжатларига мувофиқ аниқланиши мумкин бўлган ўртача ойлик даромадлари миқдори:

Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятларда белгиланган меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдорини 2,7 баравари (2 484 000 сўм)дан 8 баравари (7 360 000 сўм)гача;

Тошкент шаҳрида 2,7 баравари (2 484 000 сўм)дан 9,2 баравари (8 464 000 сўм)гача бўлиши талаб этилади.

Хулоса шу бўладики, субсидия орқали уй олмоқчи бўлган шахс ёки оила қайси ҳудудда яшашидан қатъий назар, уларнинг даромади бир ойда энг камида юқоридаги 2 484 000 сўмдан кам бўлса, бу субсидияга ҳаракат қилишнинг фойдаси йўқ дегандек гап.
93 viewsDoston ZOKIROV, 08:03
Ochish/sharhlash
2023-02-18 11:06:30 Шароф Рашидов умрининг охирги йилларини ўтказган уй (Г.Лопатин кўчаси) ҳозирги кунда бўш турибди. Маълумки, Ш.Рашидов вафотидан сўнг бу уй ўша пайт­даги қиш­лоқ хўжалиги вазирига берилган. Ваҳоланки, Шароф аканинг фарзандлари бор эди. Уйнинг янги эгаси ҳудудга қўйилган хотира ёдгорлигини бузиб ташлаган. Ҳозирги кунда собиқ вазирнинг фарзандлари бу уйда деярли яшамайди. Мус­тақилликдан сўнг маҳалла аҳли уйга мемориал доска ўрнатишга уриниб кўрди, лекин натижа бўлмади.
https://telegra.ph/YAHSHILAR-YODI-ULU%D2%92-02-17
Бизни кузатиб боринг:
@Gazeta_Adolat
43 viewsDoston ZOKIROV, 08:06
Ochish/sharhlash
2023-02-18 11:05:07 Партия аъзоларининг ўсиши йил сайин ошиб борди. 1999 йилга келиб партия аъзолари сони 40 минг нафарга етди. 2004 йилда бу кўрсаткич 50 минг нафардан ортди. 2009 йилда 80 минг нафар бўлди. 2012 йил 1 январь ҳолатига 83 579 нафарни ташкил қилган бўлса, жорий йилнинг бошида бу кўрсаткич 563 549 нафарни ташкил қилиб, аъзолар 6866 та бош­ланғич партия ташкилотига бирлашишди.

...Партия ташкил топгандан буён Сиё­сий Кенгашнинг биринчи котиби лавозимида Анвар Жўрабоев (1995-1996), Турғунпўлат Даминов (1996-2005), Дилором Тошмуҳаммедова (2005-2008), сўнгра Сиёсий Кенгаш раиси лавозимида Исмоил Саифназаров (2008-2013), Нариман Умаров (2013-2020) фаолият юритди. 2020 йилдан буён бу лавозимда Баҳром Абдуҳалимов фаолият олиб бормоқда.
https://telegra.ph/ADOLAT-SDP-KECHA-VA-BUGUN-18-fevral--Adolat-social-demokratik-partiyasi-tashkil-topgan-kun-02-17
Бизни кузатиб боринг:
@Gazeta_Adolat
38 viewsDoston ZOKIROV, 08:05
Ochish/sharhlash
2023-02-18 11:03:49
“Adolat” — 28 yoshda

1995-yil 18-fevralda poytaxtimizda ilk bor boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining taʼsis Qurultoyida Vatanimiz mustaqilligini yanada mustahkamlash, respublikada demokratiyani rivojlantirish, huquqiy davlat qurish jarayonlarini takomillashtirish, qonun ustuvorligini taʼminlash maqsadlaridan kelib chiqqan holda siyosiy partiya tuzish yuzasidan qaror qabul qilindi.

BATAFSIL

adolat.uz | Facebook | Telegram | Instagram | Twitter | YouTube
29 viewsDoston ZOKIROV, 08:03
Ochish/sharhlash
2023-02-18 10:59:27 1-maydan foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli uylar tomlarida quyosh panellari o‘rnatiladi

Prezident qaroriga asosan 2023-yil 1-maydan:

foydalanishga topshiriladigan ko‘p qavatli uylar tomlari bo‘sh qismining kamida 50 foizida quyosh panellarini o‘rnatish talabi joriy qilinadi;

yangi tashkil etiladigan issiqxona xo‘jaliklari hamda sement, g‘isht va ohak mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish uchun texnik shartlar berilishi taqiqlanadi.

2023-yil 1-apreldan umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ular foydalanishga topshirilgan paytdan e’tiboran 3 yil muddatga, o‘rnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam bo‘lmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga:

ushbu qurilmalar bo‘yicha mol-mulk solig‘ini;
qurilmalar bilan band bo‘lgan uchastkalar bo‘yicha yer solig‘ini;
yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
35 viewsDoston ZOKIROV, 07:59
Ochish/sharhlash