2023-03-05 04:37:50
Elektr, gaz va suvga tijoriy maqsadda noqonuniy ulanish oʻgʻrilik jinoyati deb baholanishi haqida qonun ma’qullandiSenatning 37-yalpi majlisida ma’qullangan qonunga ko’ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga
tijorat maqsadlarida o‘zboshimchalik bilan ulanish yoxud ularni hisobga olish asboblari va plombalariga qasddan shikast yetkazish, shuningdek, ushbu qilmishlarni kommunal xizmati tashkilotlarining mansabdor shaxslari yoki xodimlari bilan til biriktirib, sodir etilgan jinoyat holatlari endilikda
o‘g‘rilik jinoyati deb baholanishi nazarda tutilmoqda.
Tijorat maqsadi nima?Jinoyat kodeksiga
“tijorat maqsadi” tushunchasi kiritilib, jismoniy va yuridik shaxslarning muayyan faoliyatida
foyda, daromad olish, naf ko‘rishga qaratilgan maqsad ekanligi belgilanmoqda.
Kim tergov qiladi?Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo‘yicha
dastlabki tergov harakatlari prokuratura organlari tomonidan amalga oshirilishi qonun bilan mustahkamlanmoqda.
25 viewsDoston ZOKIROV, 01:37