Get Mystery Box with random crypto!

Koʻp kuzatilyapti oʻzini progressiz ziyoli qatlam deb oʻylaydi | Девонайи Ҳақгўй

Koʻp kuzatilyapti oʻzini progressiz ziyoli qatlam deb oʻylaydigan, rivojlanishning yagona asosi deb biladigan aslida igʻvo, janjal koʻtarishdan boshqasiga yarmaydigan baʼzi bir kaslar soʻz erkinligi niqobi ostida, radikal tarzda dindor qatlamga tosh otib turadi.

Bu bilan ular bu qilayotgan ishlarini soʻz erkinligi deb targʻib qilishadi. Lekin, oʻzini maymundan tarqaganiga chin ixlos qoʻygan bu igʻvochilar atayin odamlarning diniy tuygʻularini qoʻzgʻab turadi. Kimdir, "birovlarning chegarasini buzayapsan" desa, yana soʻz erkinligi qalqon qilib oladi. Bular tenglik nima ekanligini oʻzi bilmaydi. Bular bilan gaplashish befoyda. Bular kasal. Bu kasallik ularning yuragi-yu, miyasini egallagan. Bu kasallikning nomi - islomafobiya. Oʻzini taraqqiyparvar koʻrsatadigan bu "tentak zehn"lilarda zarracha xayr yoʻq.