Get Mystery Box with random crypto!

ADABIYOT OʻQITISH | Sulola EDU

Telegram kanalining logotibi adabiyot_21 — ADABIYOT OʻQITISH | Sulola EDU A
Telegram kanalining logotibi adabiyot_21 — ADABIYOT OʻQITISH | Sulola EDU
Kanal manzili: @adabiyot_21
Toifalar: Adabiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 13.22K
Kanalning ta’rifi

✯ Adabiyot faniga ixtisoslashgan kanal!
🎓Onlayn kurs: @Sulola_Edu
📞 998-(88)-007-98-97
Reklama: @Admission_course

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 8

2023-04-28 14:33:59•| RUHLAR ISYONI |• @ADABIYOT_21 kanali uchun Komila Masharipova
@FarruxHalimboyevkanallari @Books_bazabot testi
20 ta savol · 30 soniya
4.3K views𝐾𝑜𝑚𝑖𝑙𝑎 𝑀𝑎𝑠ℎ𝑎𝑟𝑖𝑝𝑜𝑣𝑎, 11:33
Ochish/sharhlash
2023-04-26 10:56:44 Muhammad Yusuf ijodidan testlar @ADABIYOT_21 kanali uchun maxsus Ravshanova Gulnoza
@Books_bazabot testi
20 ta savol · 30 soniya
1.1K views𝐾𝑜𝑚𝑖𝑙𝑎 𝑀𝑎𝑠ℎ𝑎𝑟𝑖𝑝𝑜𝑣𝑎, 07:56
Ochish/sharhlash
2023-04-26 06:37:42
Muhammad Yusuf | "O'zbekiston" she'ri

@ADABIYOT_21 | RASMIY KANALIDA
3.4K views𝐾𝑜𝑚𝑖𝑙𝑎 𝑀𝑎𝑠ℎ𝑎𝑟𝑖𝑝𝑜𝑣𝑎, 03:37
Ochish/sharhlash
2023-04-26 06:27:04 MUHAMMAD YUSUF

ADABIYOT KANALIDA

Muhammad Yusuf 1954 yil 26 aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan.
O’rta maktabni tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o‘qib, uni 1978 yilda bitirdi.
Shoir 1978-1980 yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda «Toshkent oqshomi» gazetasida, 1986-1992 yillarda G’. G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992-1995 yillarda «O’zbekiston ovozi» gazetasida, O’zbekiston Axborot agentligida ishladi, 1995-1996 yillarda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o‘qidi. 1997 yildan boshlab O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi o‘rinbosari lavoshmida ishladi. 
Muhammad Yusuf O’zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998) hisoblanadi.
Uning dastlabki she’rlari «O’zbekiston adabiyoti va san’ati» ro‘znomasida 1976 yilda chop etilgan edi.
Bevaqt o‘lim shoirni oramizdan olib ketdi.
Kitoblari va she’rlari: «Tanish teraklar» (1985, birinchi to‘plami), «Bulbulga bir gapim bor» (1987), «Iltijo» (1988), «Uyqudagi qiz» (1989), «Halima enam allalari» (1989), «Ishq kemasi» (1990), «Ko‘nglimda bir yor» (1990), «Bevafo ko‘p ekan» (1991), «Erka kiyik» (1992), «Osmonimga olib ketaman», «Kumush», «Kokilingni kim kesdi», «Aldov», «Turkman qiz», «Yur, Muhammad, ketdik bu yerdan», «Yolg‘onchi yor», «Qora quyosh» (doston) va boshq.

Hozirgi davr o‘zbek milliy' adabiyotining ko‘zga ko‘ringan iste’dodli shoirlaridan biri Muhammad Yusufdir.
U o‘nga yaqin she’riy to‘plamlarning, o‘nlab qo‘shiqlarning muallifi sifatida keng kitobxonlar qalb kirib ulgurgan.
1989 yilda esa «Uyqudagi qiz» nomli she’riy to‘plami uchun unga respublika Yoshlar mukofoti berildi.


Kamola Ibrohimova

@ADABIYOT_21 MAKSIMAL ULANISH HAVOLASI|
3.5K views𝐾𝑜𝑚𝑖𝑙𝑎 𝑀𝑎𝑠ℎ𝑎𝑟𝑖𝑝𝑜𝑣𝑎, 03:27
Ochish/sharhlash
2023-04-26 06:19:01 𖣘 5 - 𝑆𝑖𝑛𝑓 𝑎𝑑𝑎𝑏𝑖𝑦𝑜𝑡𝑖𝑑𝑎𝑛 𝑠𝑎𝑣𝑜𝑙-𝑗𝑎𝑣𝑜𝑏𝑙𝑎𝑟

@ADABIYOT_21

꧁ 6 - 𝐐𝐈𝐒𝐌 ꧂

ERTAKLAR OLAMI

Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy
ahamiyatga ega og‘zaki hikoyalar nima deyiladi?
Ertak.
Ertak Surxondaryo, Samarqand, Farg‘onada qanday ataladi?
Matal.
Ertak Buxoro atrofidagi ba’zi qishloqlarda qanday ataladi?
Ushuk.
Ertak Xorazmda qanday ataladi?
Varsaqi.
Ertak Toshkent shahri va uning atrofida qanday ataladi?
Cho‘pchak.
Ertaklardagi qisqa boshlanmalar qanday bo‘ladi?
“Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podshoh (yoki cho‘pon) bo‘lgan ekan”, “Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga hayot” kabi so‘zlar bilan
boshlanadi.
Ertaklardagi rangi qizil, quyrug‘i uzun jonivor bu …
Qirg‘ovul.
Ertaklarda karnaychi bo‘lgan jonivor qaysi?
G‘oz.
Ertaklarda surnaychi bo‘lgan jonivor qaysi?
O‘rdak.
Ertaklarda azonchi bo‘lgan jonivor qaysi?
Ola qarg‘a.
Ertaklarda qozonchi bo‘lgan jonivor qaysi?
Qora qarg‘a.
Ertaklarda chaqimchi jonivor bu?
Chumchuq.
Ertaklarda to‘qimchi jonivor bu?
To‘rg‘ay.
Ertaklarda bakovul qaysi jonivor?
Bo‘ri.
Ertaklarda yasovul qaysi jonivor?
Tulki.
Ertaklarning “… necha kunlik yerida dumi kalta bo‘ri” bor?
7 kunlik yerida.
Ertaklarning tugallanmasi qanday bo‘ladi?
“Qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y berib,
oshlarini oshab, yoshlarini yashab, murod-maqsadlariga yetibdilar” yoki “Shu bilan Ayoz podshoh bo‘lib, o‘zining donoligidan xalqni odillik bilan so‘rab, mamlakatda adolat o‘rnatgan ekan” kabi tugallanmalar bilan tugallanadi.
Ertaklarning oxiri, ko‘pincha, qanday yakun topadi?
Yaxshilik bilan yakun topadi.
Xalq og‘zaki ijodining qadimiy, ommaviy turlaridan biri qaysi?
Ertak.
“Uch og‘a-ini botirlar” asari qaysi janrga mansub?
Ertak janriga.
“Uch og‘a-ini botirlar” ertagida o‘rtahol bir kishining necha farzandi bo‘ladi?
3 nafar o‘g‘li.
“Uch og‘a-ini botirlar” ertagida ota o‘g‘illarini tarbiyalashda uch narsaga amal qiladi. Bular
qaysilar?
Bular: 1. Sog‘lom qilib tarbiyalaydi, natijada o‘g‘illari baquvvat bo‘lib
o‘sadilar; 2. Qurol-yarog‘ bilan tanishtiradi, natijada o‘g‘illari yarog‘ ishlatishga usta bo‘lishadi; 3. Qo‘rqitmay o‘stiradi, natijada o‘g‘illari botir, dovyurak bo‘lib voyaga yetadilar.
“Uch og‘a-ini botirlar” ertagida ota o‘g‘illarining yanada mukammal bo‘lishini istab uch narsani uqtiradi. Bular qaysilar?
“To‘g‘ri bo‘ling – bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang – xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang – baxtsiz bo‘lmaysiz”.
“Uch og‘a-ini botirlar” ertagida botirlarning yoshi nechada?
To‘ng‘ich botir 21 yoshda, o‘rtancha botir 18 yoshda, kenja botir esa 16 yoshda.
“Uch og‘a-ini botirlar” ertagida botirlarning ismlari?
Ismlari berilmagan. Uning o‘rniga “to‘ng‘ich, o‘rtancha, kenja” so‘zlari ishlatilgan.

@ADABIYOT_21 | RASMIY KANALIDA
1.8K views𝐾𝑜𝑚𝑖𝑙𝑎 𝑀𝑎𝑠ℎ𝑎𝑟𝑖𝑝𝑜𝑣𝑎, 03:19
Ochish/sharhlash
2023-04-26 05:38:43
SOVRINLI TESTGA TAYYORMISIZ?

26 -aprel kuni 20:00 da barcha fanlardan 30 talik SOVRINLI onlayn blok test

OLIY SOVRIN -
TALABALIK! SOVRIN TESTDA QATNASHGAN BARCHA ISHTIROKCHILARGA BERILISHI KAFOLATLANADI!

26 - aprel kuni barcha O'zbekiston abituriyentlari uchun DTM standartida talik eng yangi savollardan onlayn imtihon tashkil qilinadi. Test barcha yo'nalishlar bo'lib o'tadi:

Matematika
Ingliz tili
Biologiya
Kimyo
Fizika
Tarix
Huquq
Geografiya
Ona tili va adabiyot
Русский язык и литература
Majburiy fanlar

Test kuni: 26 - aprel (ertaga)
Test vaqti: 20:00
Qatnashish: BEPUL

Testda qatnashish uchun quyidagilarni, albatta, bajarish shart:
@REPUBLICAN_ABITURIYENT kanaliga obuna bo'lish;
Ushbu postni o'zingiz obuna bo'lgan kamida 5 ta guruhga yoki dòstingizga bólishing va screenshot qilib kanal commentariyasida qoldiring va va QATNASHASIZ degan javobni kuting!


Shartlarni bajarsangizgina testda ishtirok etishingiz mumkin!

BARCHAGA OMAD YOR BO'LSIN!
1.4K views𝐾𝑜𝑚𝑖𝑙𝑎 𝑀𝑎𝑠ℎ𝑎𝑟𝑖𝑝𝑜𝑣𝑎, 02:38
Ochish/sharhlash
2023-04-25 20:26:39 Test yakunlandi!
Test kodi: 5685
Test qatnashchilari: 152 ta
Kalitlar: 1 - D 2 - B 3 - B 4 - D 5 - C 6 - A 7 - B 8 - D 9 - A 10 - C 11 - D 12 - D 13 - C 14 - A 15 - C 16 - B 17 - B 18 - B 19 - C 20 - A 21 - A 22 - A 23 - A 24 - D 25 - D 26 - C 27 - C 28 - C 29 - C 30 - B
2.6K viewsShoMuRoDoV , 17:26
Ochish/sharhlash
2023-04-25 17:12:39 Test boshlandi.

DTM darajasidagi test

Test muallifi: Umid Shomurodov


DTM darajasidagi testlardan xarid qilish uchun


@Umidbek_Shomurodov

Test raqami: 5685
Savollar soni: 30 ta

Boshlandi: 19:00
Tugaydi: 22:00


Javoblarni @e_test_1bot ga quyidagi ko'rinishda yuborishlari mumkin:

5685*abcdac... (30 ta)

yoki
5685*1a2b3c4d5a...

Eslatma!
Javoblar aynan @e_test_1bot ga yuborilishi shart, boshqasiga emas.

@ADABIYOT_21
3.4K viewsShoMuRoDoV , edited  14:12
Ochish/sharhlash
2023-04-25 09:49:34•| DUNYONING ISHLARI |• @ADABIYOT_21 kanali uchun Komila Masharipova
@FarruxHalimboyevkanallari @Books_bazabot testi
33 ta savol · 30 soniya
3.5K views𝐾𝑜𝑚𝑖𝑙𝑎 𝑀𝑎𝑠ℎ𝑎𝑟𝑖𝑝𝑜𝑣𝑎, 06:49
Ochish/sharhlash
2023-04-25 06:27:00 EZOP MASALLARI

"YOVVOYI ECHKILAR BILAN CHO'PON"
Do'stlarni eskilaridan afzal tutuvchilar bilan do'stlashishga shoshilmang,zero yana yangi do'stlar orttirganda siz ham eskilardan bo'lib qolasiz
A.Navoiyning "Mahbub ul-qulub" asarida: "Do'st uldurki,o'ziga ravo ko'rmagan narsani do'stiga ham ravo ko'rmaydi.O'zi do'sti uchun o'limga tayyor bo'lsa ham,ammo do'stini bu ishda sherik qilmaydi."

A D A B I Y O T__2 1

"KIYIK BILAN TOKZOR"
Qilmish qidirmish
Kimki o'ziga yaxshilik qilganlarga yomonlik sog'insa,u albatta,jazoga yo'liqqay.
Har bir inson,avvalo yaxshilik nima-yu,yomonlik nima- farqiga borishi, o'z ongi,alq-u farosati bilan anglab olishi kerak.

A D A B I Y O T__2 1

"BO'RI BILAN LAYLAK"
Ayrim badfe'l kishilar yomonlik qilmaganlarining o'ziniyoq yaxshilik qilganga yo'yadilar.
Arzimagan tashvishdan xavotirga tushib,o'zini o'tga,cho'g'ga urgan kishilar yo biror kasallikka chalinadilar yoki yechib bo'lmas chigalliklarga duch keladilar.

A D A B I Y O T__2 1

"ESHAK BILAN BAQALAR"
Ayrim kishilar kichkinagina qiyinchilik oldida ham esankirab,ruhan cho'kib qoladilar,holbuki,boshqalar bundan o'n chandon og'ir mashaqqatlarni-da ,sabr-la yengadilar.
Birni ko'rib shukr qil,birni ko'rib fikr qil.

A D A B I Y O T__2 1

"USTIGA TUZ ORTILGAN ESHAK"
Ayrimlar ishlatgan hiyla-nayrang ularning o'z boshiga yetarkan.
Og'irning ostidan,yengilning ustidan o'tma.
Behuda chiranish belni chiqaradi.

A D A B I Y O T__2 1

"BURGUT,ZAG'CHA VA CHO'PON
"
O'zingdan zo'rroqlar bilan bellashaman,deb chiranganing bilan hech ish chiqarolmaysan,kulgi bo'lganing qoladi,xolos.
Ko'rpangga qarab, oyoq uzatgin.

@ADABIYOT_21 | MAXSUS ULANISH HAVOLASI
4.0K views𝐾𝑜𝑚𝑖𝑙𝑎 𝑀𝑎𝑠ℎ𝑎𝑟𝑖𝑝𝑜𝑣𝑎, edited  03:27
Ochish/sharhlash