Get Mystery Box with random crypto!

𖣘 5 - 𝑆𝑖𝑛𝑓 𝑎𝑑𝑎𝑏𝑖𝑦𝑜𝑡𝑖𝑑𝑎𝑛 𝑠𝑎𝑣𝑜𝑙-𝑗𝑎𝑣𝑜𝑏𝑙𝑎𝑟 @ADABIYOT_21 ꧁ | ADABIYOT OʻQITISH | Sulola EDU

𖣘 5 - 𝑆𝑖𝑛𝑓 𝑎𝑑𝑎𝑏𝑖𝑦𝑜𝑡𝑖𝑑𝑎𝑛 𝑠𝑎𝑣𝑜𝑙-𝑗𝑎𝑣𝑜𝑏𝑙𝑎𝑟

@ADABIYOT_21

꧁ 6 - 𝐐𝐈𝐒𝐌 ꧂

ERTAKLAR OLAMI

Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy
ahamiyatga ega og‘zaki hikoyalar nima deyiladi?
Ertak.
Ertak Surxondaryo, Samarqand, Farg‘onada qanday ataladi?
Matal.
Ertak Buxoro atrofidagi ba’zi qishloqlarda qanday ataladi?
Ushuk.
Ertak Xorazmda qanday ataladi?
Varsaqi.
Ertak Toshkent shahri va uning atrofida qanday ataladi?
Cho‘pchak.
Ertaklardagi qisqa boshlanmalar qanday bo‘ladi?
“Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir podshoh (yoki cho‘pon) bo‘lgan ekan”, “Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga hayot” kabi so‘zlar bilan
boshlanadi.
Ertaklardagi rangi qizil, quyrug‘i uzun jonivor bu …
Qirg‘ovul.
Ertaklarda karnaychi bo‘lgan jonivor qaysi?
G‘oz.
Ertaklarda surnaychi bo‘lgan jonivor qaysi?
O‘rdak.
Ertaklarda azonchi bo‘lgan jonivor qaysi?
Ola qarg‘a.
Ertaklarda qozonchi bo‘lgan jonivor qaysi?
Qora qarg‘a.
Ertaklarda chaqimchi jonivor bu?
Chumchuq.
Ertaklarda to‘qimchi jonivor bu?
To‘rg‘ay.
Ertaklarda bakovul qaysi jonivor?
Bo‘ri.
Ertaklarda yasovul qaysi jonivor?
Tulki.
Ertaklarning “… necha kunlik yerida dumi kalta bo‘ri” bor?
7 kunlik yerida.
Ertaklarning tugallanmasi qanday bo‘ladi?
“Qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y berib,
oshlarini oshab, yoshlarini yashab, murod-maqsadlariga yetibdilar” yoki “Shu bilan Ayoz podshoh bo‘lib, o‘zining donoligidan xalqni odillik bilan so‘rab, mamlakatda adolat o‘rnatgan ekan” kabi tugallanmalar bilan tugallanadi.
Ertaklarning oxiri, ko‘pincha, qanday yakun topadi?
Yaxshilik bilan yakun topadi.
Xalq og‘zaki ijodining qadimiy, ommaviy turlaridan biri qaysi?
Ertak.
“Uch og‘a-ini botirlar” asari qaysi janrga mansub?
Ertak janriga.
“Uch og‘a-ini botirlar” ertagida o‘rtahol bir kishining necha farzandi bo‘ladi?
3 nafar o‘g‘li.
“Uch og‘a-ini botirlar” ertagida ota o‘g‘illarini tarbiyalashda uch narsaga amal qiladi. Bular
qaysilar?
Bular: 1. Sog‘lom qilib tarbiyalaydi, natijada o‘g‘illari baquvvat bo‘lib
o‘sadilar; 2. Qurol-yarog‘ bilan tanishtiradi, natijada o‘g‘illari yarog‘ ishlatishga usta bo‘lishadi; 3. Qo‘rqitmay o‘stiradi, natijada o‘g‘illari botir, dovyurak bo‘lib voyaga yetadilar.
“Uch og‘a-ini botirlar” ertagida ota o‘g‘illarining yanada mukammal bo‘lishini istab uch narsani uqtiradi. Bular qaysilar?
“To‘g‘ri bo‘ling – bexavotir bo‘lasiz. Maqtanchoq bo‘lmang – xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang – baxtsiz bo‘lmaysiz”.
“Uch og‘a-ini botirlar” ertagida botirlarning yoshi nechada?
To‘ng‘ich botir 21 yoshda, o‘rtancha botir 18 yoshda, kenja botir esa 16 yoshda.
“Uch og‘a-ini botirlar” ertagida botirlarning ismlari?
Ismlari berilmagan. Uning o‘rniga “to‘ng‘ich, o‘rtancha, kenja” so‘zlari ishlatilgan.

@ADABIYOT_21 | RASMIY KANALIDA