Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar™ | Rasmiy kanal

Telegram kanalining logotibi abituriyentlar_dtm_mandatlar — Abituriyentlar™ | Rasmiy kanal A
Telegram kanalining logotibi abituriyentlar_dtm_mandatlar — Abituriyentlar™ | Rasmiy kanal
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 31.21K
Kanalning ta’rifi

Barcha Abituriyentlar uchun ochilgan kanal. Rasmiy maʼlumotlar
Kirish ballari
Imtihon javoblari
Shu yerda ✔️

Admin: @Study_SMM
Reklama xizmati: @Rek_Info

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-05 16:00:39 #Qabul2022 #Harbiy
Harbiy OTMlarga topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Joriy yilda ham oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda nomzodlar o‘zlari tanlagan hududlarda o‘tkaziladi.

Ularga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda test topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi beriladi.

Bunda abituriyent hujjat topshirgan harbiy OTMdagi ta’lim yo‘nalishiga fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lgan davlat OTMlari va ta’lim yo‘nalishlari dasturda avtomatik tarzda chiqariladi.

Fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlari esa chiqarilmaydi. Shu sababli ular my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularga barcha OTM va ta’lim yo‘nalishlari ko‘rinmaydi.


(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@AbituriyentlarTM | Batafsil https://t.me/+QOz0r6L8w8A5ZDI6
5.5K viewsㅤㅤㅤㅤAbbos Mamatqulov , 13:00
Ochish/sharhlash
2022-07-04 16:00:51 #Qabul2022
10-iyul — chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga qabulning so‘nggi kuni

2022-2023-o‘quv yili qabulidan
boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
Samarqand davlat chet tillar instituti;
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining

fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda

Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
Nukus davlat pedagogika institutining

xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

Bunda mazkur ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar 10-iyulga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) lozimligini eslatib o‘tamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot: chet tilidan B2 va undan yuqori darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyentlar chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon topshirmaydi va ularga chet tili fanidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi.


(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@AbituriyentlarTM | Batafsil https://t.me/+QOz0r6L8w8A5ZDI6
6.7K viewsAbbos Mamatqulov , 13:00
Ochish/sharhlash
2022-07-04 08:34:35 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 3-iyul 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 255 208 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 128 856 nafar (50 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 126 352 nafar (50 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 135 271 nafar. Shundan:

72 612 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
62 659 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Toshkent viloyati — 16 560 nafar.
Samarqand viloyati — 14 835 nafar.
Farg‘ona viloyati — 12 391 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 11 591 nafar.
Toshkent shahri — 11 568 nafar.
Andijon viloyati — 11 532 nafar.
Surxondaryo viloyati — 9 780 nafar.
Namangan viloyati — 7 751 nafar.
Jizzax viloyati — 6 568 nafar.
Buxoro viloyati — 6 543 nafar.
Sirdaryo viloyati — 5 611 nafar.
Navoiy viloyati — 5 561 nafar.
Xorazm viloyati — 5 431 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 133 nafar.


(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@AbituriyentlarTM | Batafsil https://t.me/+QOz0r6L8w8A5ZDI6
5.9K viewsAbbos Mamatqulov , 05:34
Ochish/sharhlash
2022-07-03 17:01:21 Talaba nima qilsin?!

Ishlamasa internet,
Uch kun bir yonsa svet,
Ishlab bo‘lmasa hech test,
Talaba nima qilsin?!

“Online dars” dedilar,
“Darsni yetqaz” dedilar,
Sho‘rlik umrin yedilar,
Talaba nima qilsin?!

El ichida bor u ham,
Ko‘rmoqda ozor u ham,
“ H+ ”ga zor u ham,
Talaba nima qilsin?!

Boshida og‘riq har kun,
Tom kezar svyaz uchun.
Besh yuz hajmlik darsin
Talaba nima qilsin?!

“Jahonda shu!”- urmang do‘q,
Siz shaharda, ko‘ngil to‘q.
Yo qishloq jahondamas,
Yo jahonda qishloq yo‘q!
Talaba nima qilsin?!

Oraliqlar davrida,
2G ning jabrida.
Qoyil lekin, sabriga,
Talaba nima qilsin?!

Qishloq - kurort emasdir,
Birov “bor, yot” demas bir.
Rostlolmasa nafas bir -
Talaba nima qilsin?!

Men ham oddiy talaba,
“Help me” shu masalada.
Yursa tuz-u dalada,
Talaba nima qilsin?!

To‘g‘ri, ta’lim birinchi,
Tushunmasa uy ichi,
Tushuntirib ko‘ringchi:
Talaba nima qilsin?!

Bir o‘y bag‘rimni tilar,
Tunlar uyqum qochirar:
Ey vazirlikdagilar,
Talaba nima qilsin?!

Barcha talabalarga yuboramiz !



(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@AbituriyentlarTM | Batafsil https://t.me/+QOz0r6L8w8A5ZDI6
6.1K viewsㅤㅤㅤㅤAbbos Mamatqulov , 14:01
Ochish/sharhlash
2022-07-03 16:01:45 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 2-iyul 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 240 041 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 116 847 nafar (49 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 123 194 nafar (51 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 125 137 nafar. Shundan:

67 983 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
57 155 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Toshkent viloyati — 14 892 nafar.
Samarqand viloyati — 13 485 nafar.
Farg‘ona viloyati — 11 349 nafar.
Andijon viloyati — 10 682 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 10 436 nafar.
Toshkent shahri — 10 248 nafar.
Surxondaryo viloyati — 8 985 nafar.
Namangan viloyati — 7 116 nafar.
Jizzax viloyati — 5 919 nafar.
Buxoro viloyati — 5 728 nafar.
Sirdaryo viloyati — 5 091 nafar.
Navoiy viloyati — 4 9"99 nafar.
Xorazm viloyati — 4 864 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 052 nafar.


(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@AbituriyentlarTM | Batafsil https://t.me/+QOz0r6L8w8A5ZDI6
5.1K viewsAbbos Mamatqulov , 13:01
Ochish/sharhlash
2022-07-03 15:00:16 #Qabul2022 #Kvota #Maqsadli
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).



(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@AbituriyentlarTM | Batafsil https://t.me/+QOz0r6L8w8A5ZDI6
4.7K viewsㅤㅤㅤㅤAbbos Mamatqulov , 12:00
Ochish/sharhlash
2022-07-02 19:32:07
SamDAQI: Samarqandda fuqaroni 5 ming dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan dekan ushlandi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti bo‘lim boshlig‘i fuqaroni o‘qishga kiritishini aytib, evaziga 5 ming dollar olayotganda qo‘lga olingan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022-yil 1-iyul kuni fuqaroning arizasiga binoan viloyat IIB JQB hamda DXX boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Tadbirda, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti sirtqi bo‘lim boshlig‘ (dekan)i X.V. ariza muallifidan uning jiyanini o‘zi ishlaydigan OTMga o‘qishga kiritish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
    

(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@AbituriyentlarTM | Batafsil https://t.me/+QOz0r6L8w8A5ZDI6
6.4K viewsAbbos Mamatqulov , edited  16:32
Ochish/sharhlash
2022-07-02 16:26:13 Ilm olishda 6 ta muhim qoida:

1. Ota-ona duosi:
Ularning duosi bilan ilming mukammal va ziyoda bo'lur, Ishonmasang ertalab qo'llaringni duoga och.

2. Ustozlar duosi:
Ilm olinmaydi, u yuqadi. Ustozlarimizni sevaylik va sevilaylik, shunda ustozingni tajribasini o'zingda ko'rasan.

3. Xulq-atvor:
O'ta darajada jiddiy yurish kibrga olib keladi va o'rganish sustlashtiradi, o'rgangan narsalaringni kibr ila ishlatma, mehr ila ishlat.

4. Uyqu:
Dars qilayotganda uyqu bu shaytondan, shuning uchun do'stim tahoratda yurish va dars qilish bu muhim.

5. Dars qoldirmaslik:
Bugungi qilinmagan dars + ertangi dars og'irlik qiladi,
Ertangi og'irlik qilingan ish bu sening sustlashayotganligingdan dalolat.

6. Vaqt:
Vaqt hech qachon kelmaydi. Vaqt faqat ketadi.



ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish ballari qancha ekanligini @mandatlar_2022_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.



(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@AbituriyentlarTM | Batafsil https://t.me/+QOz0r6L8w8A5ZDI6
6.3K viewsㅤㅤㅤㅤAbbos Mamatqulov , 13:26
Ochish/sharhlash
2022-07-02 15:59:01 “Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan” desa, nima qilish kerak?

My.dtm.uz saytiga kirish uchun parolimni eslay olmayapman. Nima qilsam bo‘ladi?

Savollarga javob: Har ikki holatda ham quidagicha yo‘l tutish lozim.

My.dtm.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi mavjud bo‘lib, saytga kirish uchun parolni unutgan abituriyentlar va "Bu telefon nomer oldin ro’yxatdan o’tgan” deb yozilgan ogohlantirishga uchragan abituriyentlar mazkur imkoniyatdan foydalangan holda o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

Buning uchun “Parolni tiklash” bo‘limiga telefon raqami va arifmetik ifoda qiymati kiritilib, “Parolni tiklash” tugmasi bosilganda, abituriyentning telefon raqamiga maxsus kod yuboriladi. Maxsus kodni tizimga kiritgandan so‘ng, abituriyent o‘zi uchun yangi parol yaratadi.

Shundan so‘ng, yangi parol bilan my.dtm.uz saytiga kirib, undan foydalanish mumkin bo‘ladi.


(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )

Barcha abituriyentlarga ulashing!

@AbituriyentlarTM | Batafsil https://t.me/+QOz0r6L8w8A5ZDI6
5.2K viewsㅤㅤㅤㅤAbbos Mamatqulov , 12:59
Ochish/sharhlash