2022-05-11 16:42:16
Biometrik pasportga ega abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas
Aprel oyida
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan
16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida
fuqarolik pasporti, ya’ni
ID-karta olishlari lozimligi haqida e’lon berilgan edi.
Shundan so‘ng mazkur xabar ko‘plab ommaviy axborot vositalari va telegram kanallarda ham e’lon qilindi.
Lekin ayrim telegram kanallarda oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarda ID-karta bo‘lishi shart, degan mazmunda xabarlar tarqalmoqda.
Buning natijasida Davlat test markaziga abituriyentlar tomonidan pasportimiz bo‘lsa ham ID-karta olishimiz shartmi, degan mazmunda ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Bu bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz:
joriy yilda ham oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish
my.dtm.uz sayti orqali
onlayn tarzda amalga oshiriladi;
ro‘yxatga olishda abituriyentlarning
rasmi va
pasport ma’lumotlari Davlat personallashtirish markazidan
onlayn rejimda olinadi;
buning uchun abituriyentda
biometrik pasport yoki ID-karta bo‘lishi lozim;
bunda
biometrik pasportga ega bo‘lgan abituriyentlar ID-karta olishlari shart emas;
abituriyentlar biometrik pasport bilan ham
my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi
1.8K views13:42