Get Mystery Box with random crypto!

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni 1925-yil Jeneva | Davlat Test Markazi

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

1925-yil
Jenevada bolalar farovonligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan Butunjahon konferensiyasida 1-iyun bolalarni himoya qilish kuni sifatida belgilangan bo‘lib, 1950-yildan boshlab bayram sifatida nishonlab kelinadi.

Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

O‘zbekistonda ham farzandlarimiz ana shunday mehr-muhabbat, ulkan g‘amxo‘rliklar og‘ushida voyaga yetmoqda.

Davlat test markazi bugungi bayram munosabati bilan barcha bolajonlarimizni, ularning ota-onalarini, murabbiy va ustozlarini, qo‘yingki, butun xalqimizni samimiy tabriklaydi!

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi