Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi
2022-yil
31-may kuni rahbar kadrlar va mas’ul lavozimga tayinlanadigan shaxslar uchun
davlat tilida rasmiy ish yuritish bo‘yicha test sinovlari bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlari rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning
davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar hamda
Toshkent shahrida tashkil etildi.
Unda talabgorlarning publitsistik, ilmiy-ommabop va rasmiy matnlarni o‘qib tushunish, imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish, so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish, tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish, fikrlarini yozma bayon qilish hamda topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash kabi ko‘nikmalari tekshirildi.
Test sinovi natijalari
15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi