#Qabul2023 #Abituriyent2023
Qizimning IELTS 5,5 sertifikati bor. Ingliz tilidan ijodiy imtihondan ozod etiladimi?
IELTSdan
5,5 ball
B2 daraja hisoblanadi. Sertifikati tasdiqlansa, ingliz tili fani bo‘yicha imtihondan ozod etiladi va
maksimal ball beriladi.
Ona tili fanidan milliy testda 82,8 ball to‘pladi. OTMlarga kirishda 2-fan uchun necha ball beriladi?
Ona tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonida
82,8 ball to‘plagan abituriyentga majburiy fandan
maksimal, mutaxassislik fanidan
proporsional ball beriladi.
Mutaxassislik fanidan beriladigan ballni aniqlash uchun ushbu fandan
maksimal ballning sertifikatdagi foizini hisoblash lozim.
Ushbu abituriyentda
ona tili va adabiyot ikkinchi fan bo‘lgani uchun
63 ballning 82,8 foizi hisoblanadi:
63 x 0.828 =
52.164 ball.
Safimizga qoʻshiling https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv
https://t.me/+R-Obj3wGhHpzacJv