Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar Kanali

Telegram kanalining logotibi abiturentlar_channel — Abituriyentlar Kanali A
Telegram kanalining logotibi abiturentlar_channel — Abituriyentlar Kanali
Kanal manzili: @abiturentlar_channel
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.85K
Kanalning ta’rifi

✍️ —Abituriyentlar telegram sahifasiga xush kelibsiz!
🖥️ —Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring va talabaga aylaning
Admin: @AloqaMedia
Tijoriy hamkor: @UNIHUB_Agentligi

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2022-08-29 08:44:13 ​​​​​​“Yiqilgan” abituriyent ham talaba bo‘lishi mumkin. Pul kerak faqat!

Abituriyentlar
belgilangan kvota bo‘yicha o‘qishga kirolmagan taqdirda super kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.

Bunda SUPER KONTRAKTning miqdori kontrakt to‘loviga nisbatan quyidagicha belgilanadi:
1 ballgacha yetmaganda — 1,5 barobar;
1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganda — 2 barobar;
2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganda — 2,5 barobar;
3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganda — 3 barobar;
kirish uchun 4 balldan ko‘p va minimal balldan (56,7) kam bo‘lmaganda — 10 barobar va undan ko‘p (yo‘nalishga qarab).

Bundan tashqari, 56,7 dan kam ball to‘plaganlar ham talaba bo‘lishi mumkin.

Bunda abituriyentlar hujjat topshirgan yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori SUPER KONTRAKT miqdorining 2 barobarini to‘lashi lozim.
Masalan, oshirilgan to‘lov kontrakti 10 barobar (100 mln. so‘m) bo‘lsa — 20 barobar (200 mln. so‘m) to‘lanadi.

Oʻtgan yili super-kontrakt narxlari 46 milliondan 229 million so‘mgacha boʻlgan edi.

Eslatib o‘tamiz, oshirilgan kontrakt faqat birinchi o‘quv yili uchun to‘lanadi.

1 ,  2

Bu 2021-yilgi maʼlumotlar

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
1.3K viewsedited  05:44
Ochish/sharhlash
2022-08-29 07:11:39 Samarqandga o‘qishga o'tgan abituriyentlar va o‘qiyotgan talabalar diqqatiga

- Xabaringiz bor barcha oliygohalarda dars jarayonlari 5-sentyabrdan boshlanadi.

Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarida esa o‘qish sentyabr oyining oxirida boshlanadi.

Bunga sabab, 15-16 sentyabr kunlari Samarqand katta siyosiy-ijtimoiy jarayon - SHHT ning navbatdagi sammitida mezbonlik qiladi.

Shu munosabat bilan Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari boshqa viloyat OTM laridan istisno tarzida o‘qishni sentyabr oyining oxirlaridan (aytishlaricha 22 yoki 26 sentyabrdan) boshlaydi.

Boshqa viloyatdagi oliygohlarda dars jarayonlari 5 sentyabrdan boshlanadi.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
1.3K viewsedited  04:11
Ochish/sharhlash
2022-08-28 21:47:30 ​​Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2022-yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar institutga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati:

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).


Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. Iloji bo‘lsa, talabasi bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!

Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
1.7K viewsedited  18:47
Ochish/sharhlash
2022-08-28 11:57:36 O‘qishga kirganlar boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

Masalan, birinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin ikkinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent ikkinchida o‘qishni istamay, birinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

Yo‘q, o‘qiy olmaydi. Agar abituriyent beshta yo‘nalishdan qaysidir biriga xoh grant, xoh kontraktga kirgan bo‘lsa, unda boshqa yo‘nalishlarda super-kontrakt qilolmaydi. Faqat beshala yo‘nalishdan birortasiga kira olmaganlargina super-kontraktda o‘qiy oladi.

Sirtqi va kechkida ham super-kontrakt bormi?

Bor. O‘tgan yili ham bo‘lgan, bu yil ham bo‘ladi.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
1.6K viewsedited  08:57
Ochish/sharhlash
2022-08-28 09:52:25 Bugundan trendga aylanadigan gaplar:

1. Bir ball yetmay qolibdi.
2. Kontrakka kirdim, o‘qimayman.
3. O‘yin bo‘lib ball ko‘tarilib ketdi.
4. Hali mandatni ko‘rganim yo‘q.
5. Puli borlar kiryapti.
6. Super kontrakka kirdim.
7. Dadam kiritib qo‘yarkanlar.
8. Tavakkal edi. Bo‘lmadi.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
1.6K views06:52
Ochish/sharhlash
2022-08-28 06:15:17
Yangi o‘quv yili uchun kontrakt miqdorlari e’lon qilindi

Vazirlik axborotiga ko‘ra, bakalavriat va magistratura to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yilinikidan o‘zgarmay qolgan.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
691 views03:15
Ochish/sharhlash
2022-08-28 06:12:57
GRAND ga ozgina ball yetmay qolganlarga yuboramiz.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
661 views03:12
Ochish/sharhlash
2022-08-28 05:54:02 #Rasman

Davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talablari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

O'z.R. Prezidentining ta’lim tizimiga bergan alohida e’tibori, jumladan, talabalarga oliy ta’lim olishlari uchun yaratgan sharoitlari natijasida 2022/2023-o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.


@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
798 viewsedited  02:54
Ochish/sharhlash
2022-08-28 05:19:25 Talaba bo'lganlarni tabriklayman. Talabalik nasib qilmaganlarga esa sabr tilayman. Siqilmang, siqilishingizga imtixondan yiqilish tugul, bu dunyo arzimaydi. Oyning o'n beshi qorong'u bo'lsa, o'n beshi yorug'dir. Kurashishda to'xtamang. Endi belni mahkam bog'lab, qattiq tayyorgarlik ko'ring. Kelasi yilga talaba bo'lish sizlarga ham nasib qiladi insh'Alloh. Bitta narsani unutmang:
Hammasi yaxshi yakun topadi. Yaxshi bo'lmadimi, demak bu yakun emas!!!
G'alaba 100 marta yiqilib, 101 marta qayta turganlarnikidir.



@Manoli_Sozla1
895 views02:19
Ochish/sharhlash
2022-08-27 23:28:41
Mandat chiqdi endi hamma bir biri bilan tanishmoqda

kommentlarda shunday xabar kelyaptimi?

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
1.3K views20:28
Ochish/sharhlash