Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlar Kanali

Telegram kanalining logotibi abiturentlar_channel — Abituriyentlar Kanali A
Telegram kanalining logotibi abiturentlar_channel — Abituriyentlar Kanali
Kanal manzili: @abiturentlar_channel
Toifalar: Yangiliklar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.85K
Kanalning ta’rifi

✍️ —Abituriyentlar telegram sahifasiga xush kelibsiz!
🖥️ —Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring va talabaga aylaning
Admin: @AloqaMedia
Tijoriy hamkor: @UNIHUB_Agentligi

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2022-09-01 15:58:30
4.500.000 so’mga O’zbekistonda talaba bo’ling (5-kun aksiya)


ŌZBEKISTON | 4.500.000
QIRG'IZISTON | 3.000.000
TOJIKISTON | 3.000.000
QOZOG'ISTON | 3.000.000
universitetlarining rasmiy xamkori Study simple orqali 2022-2023 o'quv yili uchun hujjatlar qabuli boshlandi.


Yo'nalishlar:
Moliya
Iqtisodiyot
Huquq
Pedagogika
Transport
Energetika
IT va axborot tizimlari
Filologiya
va 100 dan ortiq yonalish hamda mutaxasisliklar mavjud.

ONLINE MALUMOT OLISH

+99893 090 55 71
+99894 915 98 98
+99898 260 24 00
+99894 162 26 06
+99833 001 22 22

TELEGRAM KANAL
406 views12:58
Ochish/sharhlash
2022-09-01 15:41:33
Izlagan imkon topar degani shu boʻlsa kerak

Qozog‘istonda bugundan maktab boshlangan ammo mana bu rasm ijtimoiy tarmoqlarda trendga chiqmoqda...

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
453 views12:41
Ochish/sharhlash
2022-09-01 11:42:19
Samarqanddagi barcha OTMlarda darslar 26-sentyabrdan boshlanadi!

Samarqandga o‘qishga kirgan abituriyentlar ham o‘qishni 26-sentyabrdan boshlashadi!

Joriy yil 15-16-sentyabr kunlari Samarqand katta siyosiy-ijtimoiy jarayon - SHHT (Shanxay xamkorlik tashkiloti) ning navbatdagi sammitida mezbonlik qiladi.

Shu munosabat bilan Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari boshqa viloyat OTM laridan istisno tarzida o‘qishni sentyabr oyining oxirlaridan (aytishlaricha 26-sentyabrdan) boshlaydi.

Joriy yil Samarqanddagi oliygohlarga o‘qishga o‘tadigan abituriyentlar ham sentyabr oyining oxirida o‘qishini boshlaydi.

Maʼlumot uchun, Samarqand shahridagi maktablarda o'quv jarayoni 19-sentyabr sanasidan boshlanadi.

Samarqandda o'qiydiganlarga yuboring
➥https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
717 views08:42
Ochish/sharhlash
2022-09-01 09:14:04
31 YOSHING MUBORAK JONAJON O‘ZBEKISTONIM!

Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin aziz vatandoshlar.

Yaqinlaringizni ham tabriklang!

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
687 views06:14
Ochish/sharhlash
2022-08-31 19:46:36 ​​​​Birinchi kurs talabalariga tegishli

Koʻpchilik talaba boʻlish baxtiga muyassar boʻlgandan keyin oradan vaqt oʻtib, talabalikka erishish uchun qilgan harakatlarini, uyqusiz tunlarini sekin-asta unuta boshlaydi.

Talaba boʻlishni qanchalik orzu qilganini, bunga erishish uchun nimalarga tayyor boʻlganini unuta boshlaydi.

Oliygohga birinchi qadam bosgan kundagi hayajonlar unutiladi. Goʻyoki, talabalikka shunday erishib qolganday, koʻnikish boshlanadi.

Darslarga tayyorgarlik sustlashadi. „Krutoy“ oʻrtoqlar paydo boʻladi. Ularga qoʻshilib, ora-sira darsdan qochishlar boshlanadi. Oʻqituvchilar yoqmay boshlaydi. Bir amallab baholarni olib, sessiyalarni yopib, diplomni olishni oʻylab qoladi.

Natijada, diplomdan boshqa hech narsasi yoʻq kadrga aylanib, institutni bitiradi.

Hurmatli birinchi kurs talabalari!

Siz nima uchun oʻqishga kirdingiz? Maqsadingiz nima? Kim boʻlmoqchisiz? Shularni hozir aniq bilasiz-a? Javob chiqqanda naqadar hursand boʻlganingizni hali unutmagandirsiz? Atrofingizda qancha tengdoshingiz bu baxtga erisha olmay qolganini koʻryapsizmi?

Siz bu baxtga erishdingiz! Oliygohni bitirib olguncha shu narsani unutmang! 4 yil umringizni qadrlang! Vaqtingizni ilmga sarflang!

Bu gaplarni oliygohni bitirib olganlar doim takrorlaydi. „Endi tushundim, qani endi hozir vaqtim boʻlsa, rosa kitob oʻqirdim!“, deydi. Lekin, vaqti yoʻq!

Sizda vaqt bor! Qilishingiz kerak boʻlgan ish ham shu! Kitob oʻqing, bilim oʻzlashtiring, oliygoh bilim berish darajasi qoniqtirmasa, qoʻshimcha kitoblar olib oʻqiyvering.

Mehnat bozoriga yetuk, qimmat kadr boʻlib chiqing! Shunda sizni orqangizdan ish beruvchilar yuradi, takliflar koʻp boʻladi. Tanlab-tanlab ishlaysiz! Vaqtida ilmni egallaganingiz uchun tez oʻsasiz, koʻp natijaga erisha olasiz!

Talabalik bilan tabriklaymiz! Institutni bitirguncha umringizni samarali oʻtkazishingizni tilab qolamiz!

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
756 views16:46
Ochish/sharhlash
2022-08-31 07:54:26 #Qabul2022

2022-2023-o‘quv yili uchun 190 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi

2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan

39 962 nafari — davlat granti;
150 413 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

Kunduzgi ta’lim shakli — 118 352 nafar;
Sirtqi ta’lim shakli — 45 407 nafar;
Kechki ta’lim shakli — 9 139 nafar;
Masofaviy ta’lim shakli — 3 416 nafar.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

davlat granti asosida o‘rtacha ball — 121,2 ballni;
to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
599 viewsedited  04:54
Ochish/sharhlash
2022-08-30 20:35:10 To‘lov-kontrakt shartnomasini onlayn yuklab olish mumkinmi?

Endi barcha kurs talabalari (1-2-3-4) to‘lov-kontrakt shartnomalarini turli navbatlarsiz onlayn yuklab olishlari mumkin.

Buning uchun siz http://kontrakt.edu.uz saytiga kirasiz va shartnoma uchun onlayn ariza yuborib, uni yuklab olasiz.

Bu respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun bo‘lib, sayt yangi o‘quv yilining birinchi kuni 5-sentyabrdan boshlab ishga tushadi.

Batafsil maʼlumot

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
890 views17:35
Ochish/sharhlash
2022-08-30 20:33:58 @Nasimov_Ogabek
849 views17:33
Ochish/sharhlash
2022-08-30 18:21:29 ​​Qizlarimiz yigitlarga qaraganda bilimliroq

Joriy yilgi test sinovlari natijalari eʼlon qilingach, turli qiziqarli statistikalarni tahlil qilish imkoni paydo boʻldi.

Jumladan, joriy yilda abituriyentlar orasida xotin-qizlarning ulushi erkaklarga qaraganda koʻproqni tashkil etgan. YAʼni testga kirgan abituriyentlarning 571 ming 719 nafari ayollar, 502 ming 103 nafari esa erkaklar boʻlgan.

Bundan tashqari qizlarimiz toʻplagan oʻrtacha ballar ham yigitlarga qaraganda yaxshiroq natijani koʻrsatgan. Qizlar oʻrtacha 66,8 ball, yigitlar esa 63,7 ball olishgan.

Shuningdek, respublikamizning 14 ta hududining barchasida qizlarning oʻrtacha bali yigitlarnikidan balandroq boʻlgan. YAʼni faqat ayni bir hududda emas, balki yurtimizning hamma joyida qizlar yigitlarga qaraganda umumiy yaxshiroq oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ega.

Eʼtiborli tomoni birorta hududda yigitlar oʻrtacha 70 ball toʻplay olishmagan. Lekin Buxoro (72) va Toshkent shahrida (70,8) qizlar oʻrtacha 70 balldan oshira olgan.

Eslatib oʻtaman, oʻtgan yili talabalikka qabul qilinganlarning 60 foizi xotin-qizlar boʻlgandi. Bugungi kunda barcha OTMlarda oʻqiyotgan talabalarning 47 foizini xotin-qizlar tashkil etadi.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
1.0K viewsedited  15:21
Ochish/sharhlash
2022-08-30 16:21:29 Ta’lim kreditlarini ajratish tartibi.

Kontrakt asosida oʻqishga kirganlar uchun ta’lim kreditlarini ajratish maqsadida Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tashkil etilgan.

Jamgʻarma kreditlarni tijorat banklari orqali ajratadi.

Kredit olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt);
krediti qaytarilishining ta’minoti boʻyicha hujjat (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlariga garov va kafillik talab etilmaydi);
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar.

Hujjatlar 5 ish kunida koʻrib chiqiladi.

Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

@Abiturentlar_Channel | DTM yangiliklari
https://t.me/joinchat/Vu3Uilxy3nO2LPXf
1.0K viewsedited  13:21
Ochish/sharhlash