Get Mystery Box with random crypto!

Abdusattor

Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor A
Telegram kanalining logotibi abdusattor — Abdusattor
Kanal manzili: @abdusattor
Toifalar: Texnologiyalar , Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 47.79K
Kanalning ta’rifi

Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal
✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 60

2024-02-28 17:11:44
Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish bepul

Lekin aslida ularni haqiqiy narxi bor.

U narxni biz orzularimiz va maqsadlarimiz bilan to'laymiz.

Gap nafaqat ijtimoiy tarmoqlar haqida balki haqiqiy hayotdan qochish uchun ishlatiladigan har qanday vositada haqida ketmoqda. O'yinlar, seriallar, "foydali" bo'lgan videolar va xattoki ovqatlar ham. Chunki ularning barchasini vazifasi bitta bizni real voqealik bilan yuzma yuz qoldirmaslikdir. Ammo qancha qochsak ham, bir kun kelib uyg'onishga majbur bo'lamiz.

Zamonaviy insonni iste'mol madaniyati butunlay buzilgan va bu mavzuda "Maqsad" loyihasida gaplashamiz.

@abdusattor
21.3K views14:11
Ochish/sharhlash
2024-02-19 16:32:53
Ba'zi odamlar o‘zlarini kundalik natijalar ustida baholaydilar. Bu ularni shoshilinch xulosa chiqarishga majbur qiladi. Agar siz natijalaringizni kunma-kun baholasangiz, kunlarni aksariyatida yetarli natija bo‘lmaydi. Shu sababli siz o‘zingizni doim yutqazayotgandek his qilasiz va haqiqatni borligicha baholay olmaysiz.

Ko‘rsatgichlarni har oyda bir marta o‘lchang. Rejalashtirish juda keng va juda tor qamrovda bo‘lmaslik kerak.

@abdusattor
24.9K viewsedited  13:32
Ochish/sharhlash
2024-02-18 18:24:28 Vaqt o‘tgan sari, inson qilingan ish hajmiga emas, qabul qilgan qarorlari uchun to‘lashini tushunib yetdim.

Bugun yana bir qaror qabul qilindi.

Oldi qochdi gaplarsiz, inson tabiyatini fundamental darajada tushunib yetishga harakat qilamiz. O‘zligimizni tushunishimiz, atrofni o‘zimizga ust-bosh kabi loyiq qilishga kuch beradi.

Shuncha vaqtdan beri, meni unutmay yangilik kutganlarga katta rahmat. Men hech qayerga ketganim yo‘q, biz davom etamiz. Endilikda bu yerda doimiylik bizning asosiy shiyorimiz bo‘ladi.

Tez kunlarda Maqsad YouTube kanalida ko‘rishguncha!
24.8K views15:24
Ochish/sharhlash
2023-12-17 20:33:39
Doimiylik, bu inson rivojlanishining asosi.

Hayotingizni har qanday qismida, sizni aqlingizga keladigan har qanday kasbda, sizga kerak bo'ladigan yagona narsa. Shogirdni usta qiladigan, havaskorni professional qiladigan, jamiyatda o'rni yo'qni eng oliy darajaga olib chiqadigan sifat.

Bundan kuchliroq sifat yo'q. Aql va dunyo ko'rmagan iste'dod doimiyliksiz bir tiyn.

Doyimiylik nafaqat qilayotgan ishingizda, balki kayfiyatda, do'stlikda, oilada va qadriyatlarda ham kerak.

Yagona oliy maqsad va doyimiylik. Sizga kerak bo'lgani faqatgina shu.

"Hechkim bilmaydigan muvvaffaqiyat siri" deb nomlangan treningimiz tugadi. Arzimaydi!

@abdusattor
21.0K views17:33
Ochish/sharhlash
2023-11-19 19:06:58 Uyda o‘tirib pul topadiganlarga kelsak, bu yerda @dizipro o‘quv markazimizdagi 3D modeling kursining reklamasi bo‘lishi mumkin edi. Lekin o‘quv markazimizga reklama narxi to‘g‘ri kelmadi
21.8K views16:06
Ochish/sharhlash
2023-11-19 16:17:30
16 yoshli bola uyda o‘tirib, onlayn 1000$ ishlab topganida, 40 yoshli erkak 300$ dollar evaziga zavodga ishga boradi.

Bu dunyoda adolat bormi?

Yo‘q. Biri o‘zgaruvchan dunyoga moslashib oldi, ikkinchisi eskirgan dunyoqarashida yashashni davom ettirdi. Haqiqat shundaki, dunyo uyda o‘tirib “oson” pul topganga ham, zavodda beli bukilib ishlaganga ham muhtoj.

Zavodda ishlaydigan odam jamiyatga ko‘proq foyda olib keladi deyishingiz mumkin, lekin uning oyligini men emas, mehnat bozori belgilaydi.

Shu uchun sizlar bilan kelishib olaylik. Dunyoda adolat yo‘q va biz buni qancha vaqtliroq tan olsak, shuncha yaxshi bo‘ladi.

@abdusattor
30.2K views13:17
Ochish/sharhlash
2023-10-23 17:46:04
Siz bir ishni qanday bajarishingiz, hayotingizdagi qolgan barcha ishlarni qanday bajarishingizni ko‘rsatadi.

Sizning uyingiz qanday holatdaligi sizning hayotingizdagi boshqa narsalar qanday ketayotganiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri proporsionaldir. Shaxsiy gigiyenaga e'tibor bermaydigan odamni, kundalik hayoti ham e'tiborsiz bo‘ladi.

Ertalab nimani va qanday tartibda qilishingiz kunning qolgan qismini qanday kayfiyatda o‘tkazishingizga ta'sir qiladi .
Iste’mol qilayotgan kontentingiz, ruhiy holatingizning aksidir.

Kundalik hayotingizning barcha detallari juda ham muhim.

@abdusattor
22.4K views14:46
Ochish/sharhlash
2023-10-21 16:37:48
So‘z qadri

Agar insonni gapiradigan gapi bo‘lmasa, u sukut saqlashi afzalroq. Omma bilan bo‘lishadigan fikr majburlikdan emas, balki xohish bilan kelishi kerak. Shundagina uni qadri bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarni faol yuritaman deb, inson o‘zi bilmagan holda atrofni keraksiz shovqin bilan to‘ldiradi.

Fikrlar qadrsizlanishi esa sizning jamiyatdagi ta'siringizni kuchsizlantiradi.

@abdusattor
18.8K views13:37
Ochish/sharhlash
2023-09-29 19:30:26 Yangiliklar sizni hissiy nogiron qiladi.

Ma’lumotlar shovqini. Negativ fikrlash. Diqqat jamlolmaslik.

@abdusattor
29.1K views16:30
Ochish/sharhlash
2023-09-28 16:22:46 Yangiliklar sizni hissiy nogiron qiladi.

Agarda siz stabil kayfiyatli inson bo‘lish niyatida bo'lsangiz, 99.9% yangiliklardan voz kechishga majbursiz.

Sizning asosiy vazifangiz negativ va hayotingizga ta'sir qilmaydigan har qanday yangiliklardan voz kechishdir. Ularga qiziqmaslik, tashvishlanmaslik va ularni muhokama qilmaslik muhim.

Bu ma'lumotlar shovqinidan qochishning yagona yo'li. Ertaga bu mavzuda podkast qo‘yaman.

@abdusattor
30.6K viewsedited  13:22
Ochish/sharhlash