Get Mystery Box with random crypto!

Jamoani samarali boshqarish Odamlar siz bilan birga ishlashn | Abdulloh Shamsutdinov

Jamoani samarali boshqarish

Odamlar siz bilan birga ishlashni istashini, ajoyib jamoa shakllantirishni, oʻzingizdagi energiya va ishtiyoqni barcha jamoa aʼzolaringizda ham bo’lishini xohlasangiz ularga “Nima uchun?” shu ish bilan shugʻullanayotganingizni tushuntirishingiz kerak.

Baʼzan esa “Evaziga nima” olishlarini ham aytib oʻtish foydali boʻladi. Hammamiz insonmiz, tabiiy ehtiyojlarimiz va kutilmalarimiz bor. Kimdir yaxshi ishlagani evaziga pul mukofoti, boshqa birimiz esa maqtov yoki eʼtibor kutishimiz normal holat.

Yaxshi menejerning muhim vazifalaridan biri qaysi xodimni, nima qiziqtiradi yoki harakatga undashini aniqlash va shunga koʻra u bilan munosabat oʻrnatish hisoblanadi. Boshqaruvchi sifatida endi sizni vazifangiz ishga javob berish emas, balki, ishga javob beruvchi insonlarga javob berish boʻladi.

Biznes natija sizni muammo, unga qanday erishish esa jamoangizning muammosi. Ular natijaga qanday erishishni oʻzlari hal qilishlari kerak, siz esa umumiy qoidalarni, jarayonlarni birgalikda kelishib olasiz va nazorat qilasiz.

Xodimlarni hamma ishlariga aralashaverish toʻgʻri emas, bu ularga xalal beradi — kreativ fikrlashni kamaytirishi va ish samarasiga taʼsir qilishi mumkin. Albatta, ishlar tartibsiz — kelishilgan ishlash qoidalari, avvaldan kelishilgan muddatdan choʻzilgan hollarda ish jarayonga aralashish kerak, bu ham menejerning vazifasi.

“Yaratishga arzigulik narsalarni yaratish borasida g’ayriodatiy qo’llanma” kitobidan olingan xulosalardan.

https://t.me/abdulloh_shamsiddin