Get Mystery Box with random crypto!

#7_aprel_Jahon_salomatlik_kuni 1948-yilg 7-aprel kuni Jaho | Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби

#7_aprel_Jahon_salomatlik_kuni

1948-yilg 7-aprel kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga asos solingan. Bu inson salomatligi bilan bogʻliq barcha masalalarni xalqaro darajada hal qilish yoʻlida qoʻyilgan muhim qadam edi.

Shu sababli har yili mazkur sana Butunjahon salomatlik kuni sifatida keng nishonlanadi. Hozir JSSTga 194 ta davlat aʼzo. Oʻzbekiston ham 1992-yil 25-maydan mazkur mamlakatlar safida. 1993-yildan tashkilotning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi faoliyat olib bormoqda.

Ana shu kabi fikrlar, foydali ma'lumotlar bugun Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamshirasi Fazilat Rahmatova tomonidan maktab o'quvchilariga o'tilgan salomatlik darsida yangradi.

O'quvchilar sog'lik - bebaho boylik ekani, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish muhimligi borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlashdi.

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram