Get Mystery Box with random crypto!

*** 1 Mana bugun mening tug'ilgan kunim, Nega, nima uchun qu | MehrNoz

***

1

Mana bugun mening tug'ilgan kunim,
Nega, nima uchun qutlaydi barcha.
Axir nima qildim, neni do'ndirdim,
Tug'ilganimdan to shu kunimgacha?

O'tgan kunlarimni qilgancha tahlil,
Ko'milib boraman tubsiz so'roqqa.
Nega tushunmaysiz, odamlar, axir,
Nimam bor arzirli tabriklamoqqa?

Hali uxloqligim, mudroqligimmi?
Ayting, qanday yaxshi jihatlarim bor?
Yoki o'ta ketgan qo'rqoqligimmi?
Siz jimsiz...so'zimni qilmaysiz inkor.

2

Stolda turibdi haqiqat torti,
Biroq uning ta'mi biroz acchiqroq.
Picha iztirobning ta'mini totib,
Bir bo'lak vijdonga uzatdim barmoq.

Avjga chiqdi ziyofatning davomi,
Qadahlar qo'shig'i, shampanlar raqsi.
E voh, xudbinlikning quyuq sharobi
Ko'ylagimga sachrab ketmadi, yaxshi.

3

Eshik taqillatdi baxt, quvonch, shodlik,
Ochsam, turar bari tutib quchoq gul.
Kirib keldi yangi hamrohim yoshlik,
Ammo, nimagadir ko'nmasdi ko'ngil.

Men yangi do'stlarga qilib iltifot,
Bilmabman u meni o'ksib kutganin.
Sezmabman qadrdon bolaligimning
Qachon, qanday uydan chiqib ketganin.

Mana bugun mening tug'ilgan kunim....

23. 07. 2011-yil. Chortoq

Mehrinoz

@abbosova_mehrinoz