Get Mystery Box with random crypto!

Wirthschaftswunder (Olmon moʻjizasi) Bosma, muzlatgich, telev | Xorijdagi talabadan maktublar

Wirthschaftswunder (Olmon moʻjizasi)

Bosma, muzlatgich, televizor, birinchi to‘liq avtomatik raqamli kompyuter, birinchi kosmik raketa, zamonaviy telekommunikatsiya, radiokimyo, yadro sintezi, mikrobiologiya, nisbiylik nazariyasi, kvant fizikasi... Dunyoni o‘zgartirgan ixtirolar, ixtirochilar, mutafakkirlar, rassomlar va asarlar ro‘yxati shunchalik uzunki, bularning o'ndan biriga ega bo'lgan har qanday xalq “Yoki biz ustun irqmizmi?” deb dovdirab qoladi.

Bir mamlakatni aqlingizga keltiring... 50 yil ichida 2 ta jahon urushida ketma-ket mag‘lub bo‘ldi. Infratuzilmasi bombardimonlar bilan mutlaqo tekislandi. Zavodlari demontaj qilinib, toshib ketildi. Shaharlarida hech qanday sog‘lom bino qolmadi. Muhim sanoat markazlari butunlay vayron bo‘ldi. 1.7 milyon ming kishilik aholisi bo‘lgan poytaxti 232 ming kishilik shaharchaga aylandi. Mamlakatdagi uy xo'jaliklari soni 20 foizga kamaydi. 18-35 yoshdagi erkaklarning aksariyati o‘lgan yoki nogironga aylangan. Qolganlari esa ruhiy kasal. Oziq-ovqat ishlab chiqarish urushdan oldingiga nisbatan yarim quvvatda. Mamlakatning o‘sha paytdagi pul birligi bo‘lgan «Reyxsmark» mutlaqo qadrsiz qog‘ozdan iborat.

Sarxatlarida 4 farqli davlatning askarlari bor va ular tez orada mamlakatni sharq va g‘arbga bo‘lishadi. Bundan tashqari, jamiyat maʼnaviy jihatdan ham mag‘lub vaziyatda. Tarix oldida aybdor. Xalqining o‘ziga bo‘lgan ishonchi butunlay sindirildi. Odamlaridagi ijtimoiy va individual psixologiya buzilgan holatda. U davlatning bo‘yiniga katta miqdorda tovon puli osilgan. Shunday og‘ir va achinarli vaziyatdan bor-yo‘g‘i 30 yil ichida qutilib, butun qitʼaning yetakchisiga va dunyoda uchinchi yirik iqtisodiyotga aylanishga erishdi Germaniya.

Ushbu jadal rivojlanish ortida bir nechta omillar bor va ularning hammasi ham nemislar tomonidan qo‘yilgan qadamlar bilan bog‘liq emas: Marshall yordami, harbiy xarajatlarga uzoq vaqt pul sarflamaslik. Yevropa iqtisodiy hamjamiyatining savdo afzalliklari va hokazolar bor. Biroq, men aytib o‘tganlar ko‘plab Yevropa mamlakatlari uchun ham yuqoridagi imkoniyat yaratilgan edi. Shuning uchun bu erda eʼtiborni tortadigan asosiy jihat shundaki, nemislar bunday omillarsiz ham bir necha marta bunday moʻjizaviy o‘zgarishlarga erisha olgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin bo‘lgani kabi, birinchi jahon urushi oldidan ham, undan keyin ham nemislar juda qisqa vaqt ichida Yevropa va dunyodagi eng yirik iqtisodiy, sanoat, siyosiy va harbiy kuchlardan biriga aylanishga muvaffaq bo‘lishdi. Shu maʼnoda biz tasodif emas, aksincha, takrorlanadigan motivga qanday erishilganligini o‘rganishimiz kerak.

Bir asrdan kamroq vaqt ichida nemislar 6 xil tizimda yashashdi: Avval Prussiya Qirolligi va Gogensollernlar sulolasidagi Germaniya imperiyasi, keyin Birinchi jahon urushi bilan yakunlangan bu imperiya Veymar respublikasiga aylandi.Undan keyin Gitlerning hokimiyat tepasiga kelishi va Uchinchi Reyx davri bilan nemislar butunlay boshqa davlat tashkilotiga aylanishdi. Sovuq urush davrida mamlakat ikkiga bo‘lingan va bir xil xalq "Germaniya Demokratik Respublikasi", yaʼni Sharqiy Germaniya va Federal Germaniya deb ikki xil tizimda qayta tashkil etildi. Nihoyat, u Demokratik Birlashgan Germaniyaga, rasman "Germaniya Federativ Respublikasi"ga aylandi.

Xo‘sh, bunday moslashishga nima imkon berdi? Eng birinchi o‘rinda har doim sifatli taʼlim olgan yosh avlodlar bo‘lishi kerak edi. Doimiy malakali va bilimli insonlarga ega bo‘lish siri esa qaysi davrda bo‘lishidan qatʼiy nazar, nemislar uchun taʼlim doimo birinchi o‘rinda edi va sifatli taʼlim hamma uchun ochiq bo‘lishini taʼminlay olishdi.