Get Mystery Box with random crypto!

Bir darsning vazifasi uchun, Bursa markaziga yaqin bo'lgan qis | Xorijdagi talabadan maktublar

Bir darsning vazifasi uchun, Bursa markaziga yaqin bo'lgan qishloqqa borgan edim. Vazifa, fermerlar bilan suhbatlashib, anketa olishim kerak edi kichik tadqiqot uchun. Fermerlarni oldiga borib, maqsadimni aytsam, boshida hokimiyatdan yoki biron siyosiy tashkilotdan keldi deb o'ylab rad etti. Oddiy talaba ekanligimni o'rganib, ism va familyasini yozish kerak emasligini bilganidan keyin barchasini munosabati o'zgarib, mehmondo'stlik bilan so'rovlarimni to'ldirdi. Birisi o'zi yetishtirgan mevalar bilan bilan mehmon qilsa, boshqasi choylar xamroxligida anketamni to'ldirdi. Qishloq joylarida hokimyatdan hayiqish bor ekan. Fermerlarni qiynab turgan eng katta muammolar: Suv ozligi, benzin qimmatligi va ishchi kuchi yetishmasligi ekan. Yozda kel meva to'plangani o'rtoqlaring bilan, kunlik 15 dollardan maosh beraman dedi.