Get Mystery Box with random crypto!

Zulmatdan yorug'likka qadam qo'ygan ma'suma Karantinda aqall | 🥀𝐙𝐮𝐥𝐦𝐚𝐭𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐌𝐚'𝐬𝐮𝐦𝐚

Zulmatdan yorug'likka qadam qo'ygan ma'suma

Karantinda aqalli Sardordan qutulaman deb o'ylagan edim. Ammo yanglishgan ekanman. Sardor jinnisi tutgan vaqtdga uyimga kelib to'polon qilishni, bir necha kun o'tib yana mulla mingan eshakdek uzr so'rab kelishni qo'ymasdi. Ammo endi ortga yo'l yo'q. Daryo o'zanidan chiqdi. Hozir to'lin oyga qarab sizlarga shu hikoyani aytib berar ekanman, singlim yana Sardor kelib, ko'chamizda sandiroqlab yurganini aytdi. Qiziq, shu ham hayotmi? Shuncha xo'rliklar, shuncha azoblanishlar.
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqda Lobar degan havaskor yozuvchi bilan tanishib qoldim. Unga hayotimni aytib berdim, hikoya qilib yozib ko'rmoqchi. Buni hamma har xil tushunsa kerak. Ba'zilar dardini dasturxon qilyapti deb o'ylashi mumkin. Ammo menga bu ahamiyatsiz. Shunchaki xulosa chiqarishlarini istayman. Mening har bir xatoyimdan, Sardorning har bir ahmoqligidan...
O'ylab qarasam hayotimda bu uchun talaygina arzirli voqealar bo'lib o'tgan. Men bulardan juda kech xulosa qildim. Barini juda kech tushundim. Boshim bir necha bor devorga urilsa ham ko'zlarim ochilmadi. Ammo qolganlar bu ahvolga tushishini istamayman. Hayotim haqidagi hikoyani o'qib ehtimol boshlari devorga urilishigacha borishmas. Har qalay mening maqsadim shu.
Yarim tun bo'ldi... Soat millariga termilib, umrimning qanchasini behuda sarflaganimni tushunib yetmoqdaman. Endi bunga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Samarqandga o'qishga topshirmoqchiman. Ehtimol shu yo'l bir tomondan Sardordan qutulishimga yordam berar. Lekin o'ylab qolaman... Men ketsamda, Sardor oilamni tinch qo'ymasachi? Yo'q, bunday o'ylarga berilib bo'lmaydi. Hozir ezgu fikrlar, yorqin, Sardordan holi, mutlaqo yorqin kelajak haqida o'ylashim kerak. Ana shunda bu tunni ham bedor o'tkazishimga to'g'ri kelmaydi...

Oradan 15 kun o'tdi...
Hozir onam bilan biroz dardlashib kech bo'lib qolganini ham payqamabmiz. Oradan 15 kun o'tib kundaligimni qo'limga oldim va biroz mulohaza yuritdim. Ajabo, bari o'zgardi. Hamma hammasi. Bir hafta muqaddam holam qaynonamni uchratib qolibdi.
- Sardorga qiz qidiryapmiz. Onasi o'pmagan bir xurliqoni kelin qilaman. - debdi "oyijonim" holamga.
- Sardorni uylantirishdan oldin uni Umidaning oldidan olib keting. Umidani tinch qo'ysin.
Bu gapni eshitib Sardor nega meni bezovta qilmay qo'yganini tushundim va xursandligimdan sakrab yubordim. Hayriyat! Ammo Sardor kimgadir yana uylanib uning ham hayotini barbod qilishini o'ylasam ichim muzlab ketadi.
Samarqanddagi o'qishga hujjatlarimni topshirdim. Ertaga esa ishga borishim kerak. Karantinda meni ham shifokorlar yetishmovchiligi bo'lgani uchun ishga chaqirishyapti. Vaqtli uxlashim kerak. Ustiga ustak ertaga yana sovchilar keladigan. Singlimga ham, menga ham ketma-ket sovchi kelyapti. Taqdir o'yinlarini qarang-a!
Sardordan aslo qutulmayman, u mening umrimni hazon qilishda davom etadi deb o'ylagan edim. Yo'q. Noumid shayton deb bejiz aytishmas ekan. Nazarimda hamma hammasi iziga tushib ketadigandek.
Oradan yillar o'tib, o'qishni tamomlagach... Bir oilaning bekasi bo'lib farzandlarim bilan baxtli hayot kechirayotganimni tasavvur qildim-u, baxtdan tebrangancha joyimga bordim. Oyga termulib shuni tushundimki, o'n beshi yorug', o'n beshi qorong'u. Yorug' kunlarni sabr ila kutganlarni baxtli hayot kutib oladi...

@Zulmatdagi_Masuma