Get Mystery Box with random crypto!

🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿

Telegram kanalining logotibi zukkotarbiyachi — 🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿 Z
Kanaldagi mavzular:
Innovatsiya
Haqiqat
Namuna
Telegram kanalining logotibi zukkotarbiyachi — 🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿
Kanaldagi mavzular:
Innovatsiya
Haqiqat
Namuna
Kanal manzili: @zukkotarbiyachi
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 55.54K
Kanalning ta’rifi

🌈 Kanalimizga xush kelibsiz.
👩‍💼 Barcha MTT uchun!
📙 Koʻrgazmalar.
☑️ Test savollar
💻 MTT hujjatlar
📚Eng yuqori malakali metodik tavsiyalar
👩‍💻 Murojaat uchun: @Dadaboyeva_O

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 198

2022-08-31 04:41:34
BUGUN:

1991 yil 31 avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasining Mustaqilligi eʼlon qilindi. Inson uchun ozodlikdan qadrli neʼmat yoʼq.

1991 yil 1 sentyabr xalqimizning maʼnaviy hayotida beqiyos oʼrin egallagan har yili eng ulug, eng aziz bayram sifatida katta shodu xurramlik bilan nishonlanadigan qutlugʼ ayyomga aylandi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov--
“Mustaqil oʼzbek davlati-xalqimizning tarixiy yutugʼidir.
Xalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O'zbekiston chinakam mustaqillikni qoʼlga kiritib, gullab yashnadi va farovonlikka erishishi taraqqiy etgan demokratik davlatlar qatori xalqaro hamjamiyatda munosib orinni egallash – biz kozlayotgan oliy maqsaddir” deydi.

Yurtboshimizni tashabbusi bilan tilimiz, dinimiz, milliy gururimiz, Navroz, Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, kabi milliy bayramlarimiz qayta tiklandi. Yurtdoshlarimiz haj va umra safarlariga erkin borib keladigan bo`ldi.


@Zukkotarbiyachi
7.3K viewsDadaboyeva, 01:41
Ochish/sharhlash
2022-08-31 04:39:44
ЦВЕТОК из БУМАГИ - ПОДЕЛКИ СВОИМИ РУКАМИ


https://t.me/ZukkoTarbiyachi
4.9K viewsDadaboyeva, 01:39
Ochish/sharhlash
2022-08-31 04:39:44
Didaktik o'yinlar.


https://t.me/ZukkoTarbiyachi
4.9K viewsDadaboyeva, 01:39
Ochish/sharhlash
2022-08-31 04:39:43
Didaktik o'yinlar.


https://t.me/ZukkoTarbiyachi
4.3K viewsDadaboyeva, 01:39
Ochish/sharhlash
2022-08-31 04:39:43
Kuz siz uchun qòl mehnati

https://t.me/joinchat/UWoGLJDRlR91pTbU
3.7K viewsDadaboyeva, 01:39
Ochish/sharhlash
2022-08-31 04:39:43 ​​ O’ZBEKISTON DAVLATI

O’zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi chinakam,
Ushbu kunni, ayting-chi, qay birimiz kutmadik.
Zarur bo‘lgan chog‘da goh dor tagida turib ham,
Qay birimiz tarixning sinovidan o‘tmadik.
Dong‘il safarga chiqdi endi hur O’zbekiston,
Kimgadir oyoqosti, kimga u osmon bo‘ldi.
Shukrkim, o‘z-o‘zini tanidi keksa jahon,
Ya’ni o‘zbek Davlatin jumlai jahon bildi.

Ne-ne kamsituvlarni ko‘rgan shu boshim bilan,
Ona xalqim, qoshingda tizza bukib turibman.
O’zbekcha gapirganda, bir chuqum oshim bilan
Sadaqai baxting deb borim to‘kib turibman.

Garchi doim ungandir gulchechaklar bog‘imda,
Temur va Navoiyni eslaymiz takror-takror.
Men-ku uzoq yasharman, lekin ketar chog‘imda
Tepamda egilajak o‘z tug‘im - bayrog‘im bor!

Nasib etmish bu kunlar, taralsin yangroq unlar,
Do‘stlar bilar yonma-yon qutlaylik bu ayyomni.
Iloyo, boshimizga kelmasin qaro kunlar,
O’zbegim, deb ko‘taring, do‘stlarim, oltin jomni.
1992 yil, 4 mart

Abdulla Oripov


https://t.me/ZukkoTarbiyachi
3.6K viewsDadaboyeva, 01:39
Ochish/sharhlash
2022-08-31 04:39:43 ​​ O’ZBEKISTONIM, SENGA

Aylayin qalbimni tortiq nurli bo‘stonim, senga,
Sen vatandirsan, fidodir tanda bu jonim senga.

Bebahosan, asragayman gavharim, deb men seni,
Sen qarog‘ bo‘lsang agarda, sadqa mujgonim senga.

Sendan ayru dam uzundir, lahzalar ham yilga teng,
Bir umrga lek barobardir kerak onim senga.

Har bir ahling bitta yulduz, kavkabistonim o‘zing,
To hayotdirman, charog‘im, shu’layi shonim senga.

Yoru do‘stlar jam bo‘libdir, to‘y qilur o‘zbek elim,
Men degayman xush kelibsan, do‘stu mehmonim, senga.

Xizmatingga shay erurman, mehnatingda ham o‘zim,
Baxtiyorman, sarf etolsam borki imkonim senga.

Dilda borim sen uchundir, qo‘lda torim sen uchun,
Qayda bo‘lsam talpinurman, O’zbekistonim, senga.
1993

Abdulla Oripov

https://t.me/ZukkoTarbiyachi
3.5K viewsDadaboyeva, 01:39
Ochish/sharhlash
2022-08-31 04:39:43 ​​“Vatanim”

Chaman chaman gullarga
Sayroqi bulbullarga
Toshqin daryo soylarga
Joydir go’zal Vatanim

Ko’kni quchgan uylarga
Baxt keltirgan to’ylarga
Quvnoq va sho’x kuylarga
Boydir go’zal Vatanim

Porlar g’olib bayrog’ing
Kundek yorug’ chirog’ing
Boylikka kon har yog’ing
Boy bo’l go’zal Vatani



https://t.me/ZukkoTarbiyachi
3.7K viewsDadaboyeva, 01:39
Ochish/sharhlash
2022-08-31 04:39:43
Осенние листочки из цветной бумаги


https://t.me/ZukkoTarbiyachi
3.6K viewsDadaboyeva, 01:39
Ochish/sharhlash