Get Mystery Box with random crypto!

​​ O’ZBEKISTON DAVLATI O’zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi china | 🇺🇿ZUKKO TARBIYACHILAR🇺🇿

​​ O’ZBEKISTON DAVLATI

O’zbekiston bayrog‘i ko‘tarildi chinakam,
Ushbu kunni, ayting-chi, qay birimiz kutmadik.
Zarur bo‘lgan chog‘da goh dor tagida turib ham,
Qay birimiz tarixning sinovidan o‘tmadik.
Dong‘il safarga chiqdi endi hur O’zbekiston,
Kimgadir oyoqosti, kimga u osmon bo‘ldi.
Shukrkim, o‘z-o‘zini tanidi keksa jahon,
Ya’ni o‘zbek Davlatin jumlai jahon bildi.

Ne-ne kamsituvlarni ko‘rgan shu boshim bilan,
Ona xalqim, qoshingda tizza bukib turibman.
O’zbekcha gapirganda, bir chuqum oshim bilan
Sadaqai baxting deb borim to‘kib turibman.

Garchi doim ungandir gulchechaklar bog‘imda,
Temur va Navoiyni eslaymiz takror-takror.
Men-ku uzoq yasharman, lekin ketar chog‘imda
Tepamda egilajak o‘z tug‘im - bayrog‘im bor!

Nasib etmish bu kunlar, taralsin yangroq unlar,
Do‘stlar bilar yonma-yon qutlaylik bu ayyomni.
Iloyo, boshimizga kelmasin qaro kunlar,
O’zbegim, deb ko‘taring, do‘stlarim, oltin jomni.
1992 yil, 4 mart

Abdulla Oripov


https://t.me/ZukkoTarbiyachi