Get Mystery Box with random crypto!

Muvaffaqiyat haqida.... Har birimiz o'sha mashhur Ilon Mask yo | ZσƙιɾOFF

Muvaffaqiyat haqida....
Har birimiz o'sha mashhur Ilon Mask yohud Bill Geyts larning qanchalik muvaffaqiyatli ekanliklari haqida ko'pdan-ko'p eshitganmiz, albatta. Lekin, biz shuni tushunishimiz kerakki, ular qila oldi degani siz qila olasiz degani emas. Jamiyatga boshqa Bill Geyts kerak emas! Men aytmoqchi bo'lganim har birimizda boshqalarda bo'lmagan ha o'sha yashirin qobiliyat, iste'dod bor va bizning qiladigan yakka-yu yagona ishimiz o'shani topishdir. Agar Ronaldo futbol o'ynab mashhur bo'lgan bo'lsa, siz ham futbol o'ynashingiz kerak yoki ana u qo'shnining o'g'li Sattor IT (iltimos "ayti" deb o'qilsin:) ni o'rganib boyib ketibdi deyishsa, siz ham IT ni o'rganishingiz kerak degani emas. Nimaga talantingiz bo'lsa o'shani qiling, tamom. Ha bilaman, siz qaysi sohada yaxshi ekaningizni bilmaysizmi? Unda, yoshlikka qayting.... Eslangchi, nimalar qilishni yaxshi ko'rgansiz. Ha, o'sha sizni kelajagingiz... Tamom vassalom.

Sizning aqqli do'stingiz:
@zokiroffpost