Get Mystery Box with random crypto!

1997-yil, Fevral... 'Nature' xalqaro gazetasi tarixda birinch | ZσƙιɾOFF

1997-yil, Fevral...
"Nature" xalqaro gazetasi tarixda birinchi marta klon qilingan qo'y haqida maqola nashr etildi. Bundan butun dunyo larzaga keldi: kimdirlar juda hayratda qolgan bo'lsa, boshqalar havotirga tushdi. Ma'lumot o'rnida, kloning bu bironta mavjudotni qiyofadoshini yaratishdir. Va o'sha davrlarda hammada bitta savol paydo bo'ldi: insonlarni ham klon qilish mumkinmi? O'sha klon qilingan qo'y (unga Dolli deb laqab berishdi) barchani inson kloning haqidagi muhokamalarga turtki bo'ldi. Keyingi yillar davomida hattoki odamlarni ham klon qildik degan habarlarni oshkor etdi lekin bularning barchasi yolg'on bo'lib chiqdi va shundan so'ng deyarli barcha davlatlar insonni klon qilishni qonunan ta'qiqladi. Amerikalik olimlar, xususan Shuhrat Mitalipov ancha jonkuyarlik ko'rsatib bir nechta yutuqlarga erishgan bo'lsa, Xitoylik olimlar xususan Qiang San birinchi maymunni klon qilishga erishdi. Shundan so'ng, garchi insonni ham klon qilish ilojisi ma'lum bo'lgan bo'lsa ham, negadir olimlar jim va hech qanday yangiliklar chop etilmadi.

Sizning inson kloningiga qarshi do'stingiz:
@zokiroffpost