Get Mystery Box with random crypto!

ZiyoNET portali rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi ziyonetofficial — ZiyoNET portali rasmiy kanali Z
Telegram kanalining logotibi ziyonetofficial — ZiyoNET portali rasmiy kanali
Kanal manzili: @ziyonetofficial
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 1.93K
Kanalning ta’rifi

📚Ziyonet.uz - таълим-порталининг телеграмдаги расмий канали.
💝 Дилкаш
🔤 Таълимий
🌎 Замонавий
Маълумотлар сиз учун 😉
Савол ва таклифлар учун: @ZiyoNETmurojaatbot

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 3

2021-02-12 10:19:42
#Daftar_hoshiyasidagi_bitiklar

Инсон қалбида нима кўтариб юрса, дунёни ҳам шундай кўради.

@ziyonetofficial

ziyonet.uz
698 views07:19
Ochish/sharhlash
2021-02-08 07:26:45 #Tongi_motivasiya
Бир кун ҳаммаси яхши бўлади деймиз.
Аслида бугунимиз ҳам энг яхшиси эканини билмаймиз.
Бир кун ўша ёр ҳам келар, муаммолар кетар, қарз узилар, уй олинар, ватанга қайтилар, соғайиб кетилар.
Аммо, аммо ўша вақтда бугунингиздагидек ёшроқ бўлмайсиз. Ўша бир куни бугунги иштиёқингиз, шижоатингиз, кучингиз, қувватингиз бўлмаслиги мумкин. Ўша куни бугун хохлаётганларингизни хохламай қолишингиз мумкин.

Бугунингизни қадрланг азизлар. Аслида энг яхши кун бугундир.

@ziyonetofficial

ziyonet.uz
1.5K views04:26
Ochish/sharhlash
2021-02-04 12:46:12
#Daftar_hoshiyasidagi_bitiklar
Nimani ko’proq kuzatsangiz, shuni hayotingizga tortib olasiz.

Chunki siz o’z diqqat-nazaringiz bilan kuzatuvchi pozitsiyasiga o’tganingizda, siz kuzatayotgan barcha narsa super pozitsiya shaklida turadi yani erkin va siz nazar tashlashingiz bilan tanlovingizga moslashadi. Yaxshimi-yomonmi aslida o’z tanlovlaringiz bo’yicha yashayotganingizni hattoki payqamaysiz ham!

@ziyonetofficial

ziyonet.uz
1.7K views09:46
Ochish/sharhlash
2021-02-03 07:33:53 #Тўғри_ёзамиз
Ҳурмат билан: вергул керакми ёки йўқ?

Вазирликлар, турли ташкилот ва идоралар бир-бирига тез-тез хат ёзиб туради. Ана шу хатларда энг кўп кузатиладиган хатолардан бири – ҳурмат билан, ҳурмат ила, эҳтиром билан, эҳтиром ила каби сўзлардан кейин вергул ишлатиш.

Нега бу урф бўлган? Менимча, рус тили таъсирида. Русча хатларда с уважением бирикмасидан сўнг вергул ишлатилади. Ўзбекчада эса вергул керак эмас. Нега?

Чунки биз ўрганаётган ҳолатда билан кўмакчиси иш-ҳаракатнинг тарзи, ҳолати каби маъноларни билдиради ва бундай пайтларда вергул ишлатилмайди:

Бутун кучи билан ишга киришди.
Осонлик билан бажара олди.
Диққат билан ўқиб чиқди.
Ҳурмат билан гапирди.

Хат охирида ҳурмат билдириб қўйиш мақсад қилинган ҳолат ҳам юқоридаги мисолларга ўхшаш:

Ҳурмат билан
Директор К. Жамолиддинов

Эҳтиром ила
Бўлим бошлиғи А. Саидакбарова

@ziyonetofficial

ziyonet.uz
1.4K views04:33
Ochish/sharhlash
2021-02-03 07:05:38
#Tongi_motivasiya
Дунё сизни табассумингизни ўзгартиришига йўл қўйманг. Сизнинг табассумингиз дунёни ўзгартирсин...

@ziyonetofficial

ziyonet.uz
1.3K views04:05
Ochish/sharhlash
2021-02-01 15:42:47
#Daftar_hoshiyasidagi_bitiklar

"Ишққа оид 40 қоида" китобидан парча:
«Она ўз боласини дунёга оғриқсиз келтира олмаслигини, ўз жони оғримасидан фарзандига ҳаёт бахш эта олмаслигини билади. Инсонда бошқача «МЕН»нинг туғилиши учун ҳам худди шундай машаққатлар зарур. Лой ҳам сопол идишга айланиши учун оловда куйиши керак. Ишқ мукаммал бўлиши учун оғриқ, азобларни бошдан кечириш керак»

Элиф Шафақ

@ziyonetofficial

ziyonet.uz
1.4K viewsedited  12:42
Ochish/sharhlash
2021-02-01 10:04:25
#Kun_fakti
Magnoliya guli

Binafsharang magnoliya gullari daraxtda o'tirgan qushni eslatadi.

@ziyonetofficial

ziyonet.uz
3.2K viewsedited  07:04
Ochish/sharhlash
2021-02-01 08:02:16 #Tongi_motivasiya

Агар бирор одам билан муносабатларингиз бузилишини истамасангиз, унга мутлақо рост гапириш талабини қўйманг.

Зигмунд Фрейд

@ziyonetofficial

ziyonet.uz
2.3K views05:02
Ochish/sharhlash
2021-01-29 12:21:56 #Eng_qisqa_hikoya
OLDINGDAN OQQAN SUVNING QADRI…

Salqin aprel tongi. Vashington metro bekatida g‘ilofli skripka ko‘targan kishi paydo bo‘ldi. U devor yoniga borib, shoshmaygina narsalarini joylashtirdi. Gʻilofni ochib oyoqlari ostiga qo‘ydi-da, skripkasini chala boshladi.
45 daqiqa mobaynida butun vujudi bilan, zavq-shavqqa to‘lib ko‘y chaldi. Shu payt mobaynida uning yonidan mingga yaqin odam o‘tdi.
Dastlabki uch daqiqada o‘rta yoshlardagi bir kishi cholg‘uchiga e’tibor berdi, qadamini sekinlatdi va bir lahza tek turdi-da... yana yo‘liga shitob bilan ravona bo‘ldi.
Bir daqiqacha o‘tgach, g‘ijjakchi ilk ish haqini qo‘lga kiritdi. Bir ayol g‘ilofga pul tashladi, lekin u to‘xtamadi. Yana qanchadir vaqtdan so‘ng bir erkak to‘xtab musiqa tingladi, biroq ko‘p o‘tmay soatiga qaradi-yu yo‘lida davom etdi.
Keyin uch yoshlardagi bola kelib, musiqachiga razm solib qaray boshladi. Ammo onasi uning qo‘lidan tortib olib ketdi. Bolakay ortiga qaray-qaray onasiga ergashdi. Bunga o‘xshagan holat yana ko‘p bor takrorlandi. Birorta ota-ona bemolol tomoshaga ruxsat bermadi. Bechora bolalarning kuzatuvi bir daqiqaga ham yetib bormadi.
Xullas, 45 daqiqalik ko‘cha konserti davomida 7 kishigina biroz vaqt yo‘ldan qolib musiqa tingladi, 20 kishi esa g‘ilofga pul tashlab, to‘xtamay ketdi. Cholg‘uchi shu vaqt ichida 32 dollar pul ishladi.
Biror-bir yo‘lovchi dunyoga mashhur musiqachi Joshua Bellning kuylarini tinglayotganini bilmadi, his qilmadi, hayoliga ham keltirmadi.
Cholg‘uchi XVIII asrning mashhur sozchisi Antonio Stradivari ishlagan skripkada kuy chalgandi. Bu asbobning bahosi 3,5 million dollar edi. Ushbu ko‘cha tomoshasidan ikki kun oldin Joshua Bell Bostonda katta konsert bergandi. Chipta narxi 100 dollar bo‘lishiga qaramay, zal to'liq to‘lgandi.
Vashington post” gazetasi o‘tkazgan ushbu sinov loyihasi inson tabiati haqida yana bir bor saboq beradi...

Joshua Bell - Dunyoga mashhur Amerikalik skripkachi. Gremmi mukofoti laureti.
U yoshlarga shunday maslahat beradi: “Men yoshlik paytimda sezganim-inson muvaffaqiyat qozonishi uchun turli yo‘llar mavjud. Lekin har birimizda bitta yo‘l bor. Siz shu yo‘lni topishingiz va qadriga yetishingiz lozim!”

@ziyonetofficial

ziyonet.uz
2.9K views09:21
Ochish/sharhlash