Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 14-avgust Ziyoli Pedagog kanali ochilganiga bir yil bo‘l | MAKTABDA TAʼLIM

Bugun 14-avgust Ziyoli Pedagog kanali ochilganiga bir yil bo‘libdi.

Bir yil oldin kanal yuritish bo‘yicha yetarlicha bilim ko‘nikmalarim yo‘q edi. Bir yil davomida 1142 dan ortiq post qo‘ydim. Ba’zida boshqa kanallardagi xabarlarni ham oldim, lekin kanal menga o‘z ustimda ishlashga ta’lim sohasi bo‘yicha yangliklar, qaror va nizomlarni har bir bandlarini o‘rganishga, soha mas’ullari bilan bog‘lanib ma’lumotlar yig‘ishga o‘rgatdi.

Kanal yuritishim davomida siz azizlardan ko‘plab savolliklar kelib tushdi. Ana shu savollarga to‘g‘ri javob berib, sizlarga foydam tekkan bo‘lsa men juda ham xursandman.

Kanalda berilayotgan ma’lumotlarga fikr bildirish funksiyasini bugundan yoqib qo‘ydim. Kanalga biriktirilgan ushbu guruh orqali o‘zingizni qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha ustozlar bilan fikr almashishingiz, guruhga a’zo bo‘lishingiz mumkin. Qolaversa, qo‘yilayotgan postlarga reyaksiya bildirib like bosib tursangiz xursand bo‘laman.

Eng asosiysi kanal menga 7 mingdan ortiq qadrdonlarni berdi. Barchangizni g‘oyibona qadrlayman.

Hurmat bilan! Tursunov Faxriddin Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani 32-maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, Ziyoli Pedagog kanali asoschisi.